So’nggi yangiliklar

21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  0 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  7 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  2 21:09"Ростов" — "Акрон". Шерзод Эсанов захирада   0 20:37"Бавария" — "Байер". Марказий ўйин учун таркиблар маълум  2 20:34"Вулверхэмптон" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  1 20:24"Женоа" — "Ювентус". Таркиблар маълум  0 20:11"Аланяспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  1 20:04Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца"ни қабул қилмоқда, Ҳусанов илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  7 19:59Палмер рекорд ўрнатди  7 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  5 19:05"Ланс" - "Ницца". Ҳусанов асосий таркибда  2 19:03Суперлига. 0:2 ҳисобида олдинга борган "Насаф" Тошкентда "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  85 18:35АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда очко йўқотди  5 18:00Константино Вапораки: "Охирги икки мундиалда финалга чиқдик, бироқ ҳозир ҳал қилувчи босқич ҳақида ўйламаяпмиз"  0

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. II bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. II bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining ikkinchi bobini taqdim etamiz.

Davomi. Boshi quyidagi havolalarda.

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. Kirish

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. I Bob.

"Kelishilgan o'yinlar qiroli". I Bob. (davomi)

80-90 yillarda Singapurda futbolga stavkalar qo'yish taqiqlanardi. Davlat lotereya tashkil qilgandi. 1999 yilda esa mahalliy futbol ligasiga odamlarni qiziqtirish maqsadida totalizatorlar tashkil qilinadi. Singapurda kazinolar bo'lmagani uchun 400 km. uzoqlikda joylashgan Malayziyaga borishga to'g'ri kelardi. U erda Malayziya chempionati va Kubogiga stavkalar qilinardi.  
1921 yildan 1994 yilgacha “Singapur sherlari” Malayziya kubogida ishtirok etishardi. U erda Bruneydan ham jamoa ishtirok etardi. Ularga uchta legioner o'ynashiga ruxsat berilgandi. O'yinlarga 55 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurardi. Malayziya Kubogi boshlanishi bilan men bor etiborni va pullarimni o'sha erga jalb eta boshladim. Undan tashqari telefon orqali ham stavkalar qilardim.

Agar sen “Falonchi o'yinga 5 ming tikaman” desang bukmeker fora haqida malumot bera boshlaydi. Agar sen favoritga tikmoqchi bo'lsang, buyog'i savdolashiladi. Hech kim naqd pulni ko'rsatmasa ham, hamma bir birga ishonardi.

5 ming muammo emas. Bundan ham kattaroq qabul qilishim mumkin. Sening reputaciyang yaxshi”, - deydi bukmeker. Reputaciya – asosiy valyuta hisoblanadi. Osiyoda shunaqa ishlashadi. Evropada esa bu hech narsani bildirmaydi. Hattoki Rim Papasidan ham oldindan pul talab qilishadi.

Malayziya Kubogida kelishilgan o'yinlar har qadamda uchraydi. Mana shunday o'yinlarni bilardim. Lekin, sen uyda TV oldida o'tirib uning kelishilganligidan umuman xabaring bo'lmaydi. Bazida esa yordam beruvchilar ham topilib qolardi. 1994 yilgi Osiyo o'yinlari finali oldidan tanish bukmekerga qo'ng'iroq qildim. Xitoy va O'zbekiston terma jamoalari finalda uchrashishlari lozim edi. Ushbu o'yinda xitoyliklar favorit hisoblanardi.

-   Fora qanaqa?

-   Xitoyga, yarimta gol fora bilan.

-   Xitoyga tikaman. Savdolashamiz.

-   Uilson, shoshma. Ozgina kut. Yaxshi narsa bo'ladiganga o'xshayapti. Keyinroq bilib aytaman.

-   Okey.
Bir soatdan so'ng qo'ng'iroq bo'ldi. Bukmeker shunday dedi:

-   Maslahatim, Xitoyga tikma. Lekin, pullar seniki. Istaganingni qil.

-   Yaxshi. Gapingga kiraman. O'zbekistonga 50 ming dollar tikaman.


Ertasiga boshqa bukmekerga qo'ng'iroq qildim. Stavkani ko'tarmoqchi edim.

-   Kimga qo'yyapsan?

-   Bitta gol fora bilan O'zbekistonga.


Kecha Xitoy favorit edi, bir kechada barchasi o'zgarib ketdi - kelishilgan o'yindan darak.

- O'zbekistonga 30 ming tikaman.

Kutilganidek, O'zbekiston 4:2 hisobida g'alaba qozondi.


Men ushbu dengizda kichik bir baliqqa o'xshardim. U erda shuningdek, malay bosslari, singapur sherlari, xitoylik, indoneziyalik va boshqa bosslar bo'lardi. Tog'a deb atalgan shaxs terma jamoa azolari hisoblangan bir qancha futbolchilarni nazorat qilardi. Tog'a – eski maktabning asosiy figurasi. Uning hozir hayotligi menga malum emas. U butun Osiyoda katta nufuzga ega edi. O'sha paytda ko'pgina bukmekerlar bir-birlarini tog'a deb atashardi, lekin, bu Tog'a qolganlardan ajralib turardi. Unga bazida Frenki deb ham murojaat qilishardi. Tog'a hech qachon futbolchilarga tahdid qilmagan, qo'rqitmagan. U yigitlarga hushmuomalalik, muloyimlik bilan gapirardi. U futbolchilarni mexmonxonaning foyesida kutib turar, ular bilan birgalikda liftga chiqardi va ularning cho'ntagiga dasta-dasta pullarni solib qo'yardi.

-   Kofe iching, mening hisobimdan, - derdi u tabassum bilan.

O'sha vaqtda Singapurdagi sportchilar yomon sharoitlarda yashashardi. Jarohatlar ularga har qadamda tahdid solardi.Tog'aning uslublari bu borada ish berardi. Boshqa  kelishilgan o'yinlarning tashkilotchilari bazida pistolet bilan do'q urardilar. Lekin, bu har doim ham foyda beravermasdi. Tog'ada esa doim ishlar “besh” bo'lardi.

Futbolchilar shuningdek, ayollar yordamida ham o'yinlarni sotishni boshlashgandi. 1995 yil Qatarda yoshlar o'rtasida jahon chempionati o'tkazildi. Osiyolik jinoiy to'da xitoylik qizlarni futbolchilar bilan aloqa o'rnatish uchun basseynlarga jo'natardilar. Ularni hattoki hibsga ham olishgan. Lekin, tayinli isbot bo'lmagani uchun o'yinchilarni ham, qizlarni ham, va hattoki tashkilotchilarni ham deport qilib yuborishgan.



Malayziya Kubogidagi o'yinlardan biri. “Singapur sherlari” hamda “Joxor” jamoalari kuch sinashmoqda. Tog'aning “non” eyishi uchun durang yoki “Singapur”ning kichik hisobdagi mag'lubiyati etarli edi. Ikkinchi bo'limda “Joxor” darvozasi tomon penalti belgilandi. Tog'a esa futbolchiga qarata:

-   Gol urma. Hisob 0:0 qolaversin. Yoki men to'lamayman.

Bir safar xitoylik bukmeker menga yana bir katta “akula” haqida aytib qoldi.

-   Sembavanglik hind. Agar u bilan tanishib olsang, o'zingni boyman deb hisoblayver.

U Pal haqida gapirayotgandi. Uni ilk marotaba 1993 yili uchratgandim. U Sembavangda, Singapur shimolida, ota-onamdan uncha uzoq bo'lmagan joyda yashardi.
Do'stim meni Raj ismli shaxs bilan tanishtirish uchun ko'chmas mulk agentligiga olib bordi. U menga naqd pul berib turishini istardim. Singapurda bunday xizmat ko'rsatuvchilar ko'plab topilardi. Pasporting va telefon raqamingni bersang bas. Men undan 10 ming oldim. Lekin qo'limga 8 ming tegdi. Ikki ming kreditning dastlabki to'lovi uchun olib qolingandi. Pulning qolgan qismini to'rt hafta ichida qaytarishim lozim edi.

Men Rajning Pal bilan ishlashini bilmasdim. Biz do'stim bilan birga malay policiyachilarining “Singapur sherlari”ga qarshi o'yiniga 45 ming pul tikkandik.
Afsuski, yutqazib qo'ydik. Biz Rajdan qarzni qaytarish muddatini uzaytirishni iltimos qildik. Pal esa uni tezlashtirishni so'ragandi, Raj darhol bizni ko'rsatdi: “Stavkani men qo'ymaganman. Uilson Raj Perumal qo'ygandi”. SHundan so'ng meni Palning kallakesarlari izlay boshladilar. Bir haftadan so'ng stadiondan chiqib kelayotganimda mashinaning oldida turgan uchta kishini uchratdim.

-   Senda gap bor.

-   Nima gap?

-   Sen do'sting bilan yaxshigina qarzga botgansan.

-   Men sizlarda stavka qo'ymaganman-ku.

-   Boss ayni paytda seni ko'rishni istamoqda.




Men albatta u darajada baquvvat emasman. Oddiy, stavka qo'yish bilan shug'ullanadigan tinchliksevar bolaman. Mashinaga o'tirib, boss bizni kutayotgan parkka etib bordik. Mashinadan tushishim bilan Pal meni qornimga zarba berdi.

-   Nimaga to'lamayapsan?

-   Men sizga stavka qo'yayotganimni bilmagandim. Agar
sizligingizni bilganimda umuman qo'ymagan bo'lardim.


Pal mendan 6 yosh katta edi. Bo'yi uncha katta bo'lmagan, soqolli, jahldor odam. Bo'lmasam men ham yaxshigina uni esini kiritib qo'yardim. Lekin, ayni paytdagi holatda u katta bir mahluq, men esa hech kimman. Uni katta-katta barzangilar qo'riqlashardi. Uning atrofidagi barcha xitoyliklar “Boss, boss, boss” deya mulozamat ko'rsatishardi.

-   Pullarni qanday qaytarmoqchisan?

-   Menga bir oy vaqt bering.


Pal rozi bo'ldi. Uning qo'riqchilari bizni chiqishgacha kuzatib qo'yishdi Bir oydan so'ng esa ular bilan hisoblashdik. Men u bilan talashishni istamadim. U katta nufuzga ega tashkilotchi hisoblanadi. U bilan janjallashmagan yaxshi. Kriminal bahsda ishtirok etgani uchun uch yil “o'tirib” ham chiqqan. Pal triadaga aloqasi bo'lgan “Ang Sun Tong” guruhi tarkibida ish qilardi.
Singapurda triada hisoblanadigan bir qancha guruhlar mavjud edi. Ushbu guruh azosi bo'lish uchun guruh azolaridan biri bilan jang qilish lozim edi. Guruh azolari bir birlarini “aka, uka” deb atashardi. Ular Xitoy ruxlari festivali vaqtida yig'ilishardi.
Umuman olib aytadigan bo'lsak, Singapur triadalar nazorati ostida edi. Ular fohishabozlik, pornografiya, giyohvand moddalar va qimor o'yinlari ustidan nazorat qilishardi. Bunday biznes bilan shug'ullanishni istaganlar albatta bu guruhdan ruxsat olishi zarur edi.
Pal - tug'ma o'yinchi. Uni qamoqdaligi vaqtida turma ichida ham totalizator gullab-yashnagan. Tamaki va pul stavka sifatida qo'yilardi...

(Davomi bor...)


Aziz To'xtamurodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика