So’nggi yangiliklar

16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  1 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  3 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  3 15:28Клопп қайтмоқда!  4 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  19 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  6 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  1 14:05"Пахтакор" Абдуманноповнинг дубли эвазига "Локо"ни таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:55Элит ОЧЛ. "Пахтакор"нинг 1-турдаги рақиби сафидаги энг машҳур легионер ким? У Жаҳон ва Европа чемпионатларида гол урган  6 13:42Елкасидан жароҳат олган Сардор Рашидовнинг ҳолати қандай?   10 13:25Наманган вилояти ҳокими ўринбосари "Навбаҳор"га ҳомийлик учун пул олиб, шахсий манфаатларига ишлатиб юборгани аниқланди  40 12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  8 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  2

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. I Bob. Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. I Bob.

O'tgan safar Uilson Raj Perumalning “Kelishilgan o'yinlar qiroli” kitobining kirish qismini taqdim etgan edik. Dushanba va payshanba kunlari ushbu kitobning o'zbek tilidagi talqinini navbatma-navbat berib bormoqchimiz.

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. Kirish

Men Uilson Raj Perumalman. Singapurda tug'ilganman.
Hozirda Singapur rivojlangan mamlakat. Lekin, men tug'ilgan vaqtimda – 1965 yilda barchasi boshqacha bo'lgan. O'sha yili Singapur otamning vatani Malayziyadan ajralib chiqqan. Ular o'shanda Singapurda qolishga qaror qilishgan hamda o'sha erning fuqaroligini olishgan.
Men oilada besh farzanddan uchinchisi edim. Meni “kampong” deb atashardi. Bu qishloqi degan manoni bildiradi. Oilam CHua CHu Kangdagi erlardan biriga egalik qilardi. Biz shahardan uzoq bo'lmagan joyda, temiryo'l oldida yashardik.
Yashash sharoitimiz o'rtaholdan ham past darajada edi. Otam doim ish izlab yurardi. Uning stavkalarga hech qanaqa aloqasi bo'lmagan. CHunki u halol inson edi. Uning dzyudo bo'yicha qora belbog'i bo'lgan. Vaqtida esa jang sanatidan dars bergan.
Bizda elektr bor edi. Lekin vodoprovod 1975 yilgacha bo'lmagan. Bolaligimda onam suv olib kelish uchun besh kilometrlab yo'l bosib kelardi.
CHua CHu Kang iflos joyligicha qolgan. Odamlar tok urish sababli ko'p nobud bo'lardi. Etti yoshligimda do'stlarim bilan avtomobilni itarib mayda pul ishlardik.
O'sha vaqtlari bizda bizda televizor bo'lmagan. Biz TV ko'rish uchun qo'shnilarnikiga chiqardik. Otam futbolni sevardi. U Singapurning eng yaxshi futbol hakamlari bilan tanish edi. Kechalari meni uyg'otardi:

-   Ketdik, futbol ko'ramiz.

Angliya Kubogi finali. Men tomosha qilgan dastlabki futbol o'yini. Aniq eslay olmaymanu, lekin, eslashimcha o'sha o'yinda “Manchester Yunayted” 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Oilamdagilar MYUga muxlislik qilardilar. Lekin, ularning sevimli futbolchilari Diego Maradona edi. SHuningdek, Sebastyan Koe, Muxammad Ali va Jon Makinroylar mening kumirlarim edi.


Maktabim ingliz tiliga iqtisoslashgan bo'lsada men ingliz tilida yomon gaplashardim. Umuman, bizda hamma shu ahvolda edi. Biz tomondagi xitoyliklar  esa bundan ham battar edilar.
Birinchi marta 13 yoshimda pul tikkanman. Mendan katta qo'shni bola bilan MYUning Kubok Finalidagi g'alabasiga bahs boylashgandim. U yutqazgan, lekin pulini to'lamagan. Men esa undan pulni undirib olish uchun judayam kichkinalik qilardim. Men do'stlarim bilan mayda-chuda narsalarni tikib karta o'ynab turardim. Singapurda qimor o'yinlar  taqiqlangan va ota-onalar ham bunga ruxsat berishmasdi. Biz esa berkitib o'ynayverardik.
16 yoshligimda policiya bizni o'ynab o'tirgan paytimiz ushlab oldi. U meni va do'stimni quvlardi. Pistoletini chiqargan holda baqirdi : “To'xtalaring, yo'qsa otaman”. Do'stim birdaniga to'xtadi. Men esa uni urishdim:

-   Ahmoq, u bizni karta o'ynaganimiz uchun otib tashlay olmaydi. Qochdik.

Biz qochib qolishga muvaffaq bo'ldik.
Men maktabda o'zimning alohida hislatlarim bilan ajralib turmasdim. Oddiy o'quvchi edim: na alochi, na ikkichi.
Men ish sportga bog'liq bo'lgan hollarda o'zimni har tomonlama namoyon etardim. Uzoq masofaga yaxshi yugurardim. Yakunda esa murabbiy meni terma jamoada shug'ullanishga taklif qildi. Bu ko'p narsani hal qilmasdi. CHunki, men dunyo rekordini o'rnatgan taqdirimda ham bunga hech kim etibor bermasdi.
Bu orada maktabda bir oz muammolar paydo bo'ldi. Meni o'g'rilikda ayblashdi. Vaholanki men bunday ish qilmagandim. Haqiqiy aybdor keyinchalik topildi. SHundan so'ng men boshqa maktabga o'tib ketdim.
Keyinchalik esa harbiy hizmatga ketdim. Ikki yarim yilga. Sportchi sifatida hizmatini ko'p vaqtini kazarmadan tashqarida o'tkazdim. Avvaliga yosh jangchilar to'garagiga qatnashdim: Jang qilish va M16 dan o'q uzishni o'rgandim. O'zim dengiz qo'shinlarida hizmat qilishni istardim.
Men musobaqalarda bir qancha ajoyib ko'rsatkichlarni qayd etdim. Harbiy hizmatda qolish uchun ariza berganimda avval qilgan kriminal qilmishlarim sababli meni qabul qilishmadi. O'ylab qoldim: SHu qilmishlarim evaziga qo'limga qurol berishga berishdi. Lekin, doimiy ravishda ishga qabul qilishmadi.
SHundan so'ng hayot o'zgarib ketdi. Men 19 yoshimgacha stavka qo'yishga jiddiy qaramaganman. Kunlardan bir kuni, engil atletika terma jamoasidagi eski do'stlarimdan biri bilan uchrashib qoldim. Uning ismi Kanan edi.

 Uilson, men stadionda kishilarning futbol o'yiniga stavka qo'yayotganliklarini ko'rib qoldim. Ular xitoylik qariyalar.

“Jalan Besar” – mashhur stadionlardan biri. Singapur futbolining vatani. U erda mahalliy futbol federaciyasining binosi joylashgan. Futbolchilar u erda muzeyga kirib-chiqqandek yurishardi.  Terma jamoa halqaro o'yinlardan oldin u erda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazardi. Maydon doimo yaxshi holatda turardi. 70-80 yillarda Singapur terma jamoasi muxlislarni hursand qila boshladi. Bizning futbolchilar o'shanda Filippin terma jamoasi darvozasiga beshta javobsiz gol kiritgandilar. Fandi Ahmad esa futbolimiz tarihidagi eng yaxshi futbolchi bo'lgan. U “Groningen” safida to'p surib, “Inter” darvozasiga gol kiritishga ham muvaffaq bo'lgan. “Jalan Besar” singapurliklarning “Marakana”si edi.

-   Keksa xitoyliklar “Jalar Besar”da stavka qo'yishmoqda”, - takrorladi Kanan.

Biz o'zimizni futbolda ko'p narsani tushunamiz deb hisoblardik. Xitoyliklar esa ko'p narsani ajrata olmaydilar. Biz ularni osonlikcha yuta olamiz.

-   Yo'g'-e? Ketdik, tekshirib ko'ramiz!, - dedim men.

Keksa xitoyliklar katta tribunaning chekkasida o'tirardi. Stavkalar qo'yish taqiqlangan bo'lsada bukmekerlar o'sha erda o'tirishini barcha bilardi. Hattoki policiya va Futbol associaciyasidagilar ham. Lekin, nimagadir ularga hech kim tegmasdi. Begona ishqibozlar ham u erga bora olmasdilar. Bu narsa keksa xitoyliklar uchun xobbi edi: Ishdan so'ng barcha yig'iladi va stavkalar qo'ya boshlaydi. Kun esa bo'lajak o'yinlarni muhokama qilishdan boshlanardi. Bukmekerlar futbolchilarning nimalarga qodirligini, qanday o'yin ko'rsatishlarini unchalik ham bilmas edilar. SHu sababli koefficientlarni aniqlab olish uchun bir necha daqiqa talab qilinardi. “Qizillar” va “oqlar” maydonga tushga o'yinda hakam hushtagi chalinganidan besh daqiqa o'tib bukmeker elon qilishni boshlardi: “Ikkiga bir, “qizillar”ga. Stavkalarni qabul qilaman”.


(Davomi bor...)


Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика