So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  0 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  9 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  36 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Keldi-ketdilar mavsumi boshlandi. "Metallurg" tarkibda qanday o'zgarishlarga qo'l urdi? Yangiliklar

Keldi-ketdilar mavsumi boshlandi. "Metallurg" tarkibda qanday o'zgarishlarga qo'l urdi?

Mamlakat milliy chempionati – Coca Cola Superliga jamoalari 12-turdan so'ng yozgi tatilga chiqishdi.

 5 iyul sanasidan etiboran esa O'zbekiston professional futbol ligasi yozgi transfer oynasini ochdi. Mazkur jarayon shu oyning so'nggi kunigacha davom etadi.

Malumingizkim, Bekobodning “Metallurg” jamoasi birinchi davra mobaynida bir qator o'yinchilari bilan xayrlashgandi: Nikita Pavlenko, Evgeniy Makeev, Evgeniy CHumak, Andrey SHipilov. Endi shu futbolchilarning o'rnini to'ldirish fursati keldi va “Metallurg” yozgi transfer oynasining birinchi kuniyoq yangi o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Bular Ibrohim Ibragimov hamda Bobur Davlatovlardir. SHuningdek, ikki nafar o'yinchimiz ijaradan ortga qaytadi. Birinchi davrani “Andijon”da o'tkazgan Muhammad Isaev va “Neftchi”da faoliyat yuritgan Xudoyshukur Sattorovlar ham qadrdon jamoasiga qaytmoqda.


Ibrohim Ibragimov

Tug'ilgan sanasi: 2001 yil 12 yanvar.

Ampluasi –  yarim himoyachi.

Professional faoliyatini “Bunyodkor”da boshlagan (2020 yil). 

Ikki mavsum davomida Ibrohim Ibrohimov “qaldirg'ochlar” safida 6 ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan: 2020 mavsumda 3 ta o'yin – 95 daqiqa, 2021 yilda 3 ta o'yin – 268 daqiqa. U-21 jamoasi tarkibida esa 6 ta uchrashuvda maydonga chiqqan – 457 daqiqa o'ynagan, 1 ta gol urgan, 1 ta gollik uzatmani amalga oshirgan.



Bobur Davlatov

Tug'ilgan sanasi: 1996 yil 1 mart, Yangier shahri.

Ampluasi –  yarim himoyachi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasida 7 ta uchrashuvda maydonga chiqqan.

Professional faoliyatini “Mashal”da boshlagan (2012 yil). 

So'nggi jamoasi – “Nefteximik” (Rossiya). 

O'ynagan jamoalari: “Mashal” (2012 yil – 5 uchrashuv – 0 gol), “Rubin” (2013 – 2014 yillar – yoshlar tarkibida o'ynagan), “Jetisu” (2015 – 9 – 0), “Aktobe” (2016 – 13 – 1), “Nefteximik” (2017 – 5 – 0), “Lokomotiv” (2017 – 1 – 0), “Nasaf” (2018-2019 – 31 – 5), “Nefteximik” (2019-2021 – 15 – 0).

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика