So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

KELAJAKKA QAYTIB. 10 yildan so'ng "Oltin to'p" uchun kurashadigan 10 nafar o'smir Yangiliklar

KELAJAKKA QAYTIB. 10 yildan so'ng "Oltin to'p" uchun kurashadigan 10 nafar o'smir

Neymar va Azar Messi va Ronaldu davri tugashini kutayotgan bir paytda, biz keyingi 10 yillikda ularning o'yinidan rohat olishingiz mumkin bo'lgan 18 yoshdan oshmagan 10 nafar o'smir haqida so'zlab beramiz.
10. Ante CHorich (Zagreb "Dinamo")
Yosh: 17
Ampula: hujumkor yarim himoyachi

Bo'yi uzun bo'lmagan yarim himoyachi Zagrebning "Dinamo" klubi asosiy tarkibidan o'rin olishga va Evropa ligasi uchrashuvida gol urishga ulgurdi. Xorvat matbuoti yangi iqtidordan hayratda, mamlakat chempioni bosh murabbiyi Zoran Mamichning so'zlariga ko'ra, bu yigit Modrich va Kovachichdan iqtidorliroq. Yosh xavbekning texnikasi kuchli va o'zining o'tkir oshirmalari bilan, uchrashuvni yanada qizita oladi.

9. Yuri Tilemans ("Anderlext")
Yosh: 17
Ampula: markaziy yarim himoyachi

Asli kelib chiqishi afrikalik bo'lgan, Belgiyaning navbatdagi iqtidori. U ham bo'yi past bo'lishiga qaramay, maydon markazida ishonchli harakat qiladi. U to'pni olib qo'yishda va hujumda faol harakat qiladi, maydonni yaxshi ko'rib, birga-bir vaziyatlarda raqibni bemalol aldab o'ta oladi. Belgiyalik yosh futbolchilar orasida juda kam uchraydigan iqtidorga ega. U tezkor va aniq to'p oshirmalarni amalga oshira oladi.

8. Ruben Nevesh ("Portu")
Yosh: 18
Ampula: tayanch yarim himoyachi

Nevesh - Portugaliyaning yangi umidi. Yosh yarim himoyachi Kintero va Oliver Torres kabi futbolchilarni "Portu" asosiy tarkibidan chiqarib tashladi. Evropa yoshlar chempionatida yorqin o'yin namoyish etdi va uni Busketsga taqqoslashdi. Nevesh to'pni olib qo'yishda juda yaxshi harakat qiladi va uzoq masofadan kuchli zarbasi darvozani to'g'ni nishonga ola biladi. Futbolchiga "Liverpul" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda, ammo Ruben uchun katta mablag' to'lansa kerak.

7. Esekiel Ponse ("Nyuells Old Boyz") 

Yosh: 18

Amplua: hujumchi


Ponse 17 yoshligida kattalar jamoasida debyut qilib, 4ta gol urdi va uni Argentinada yangi Teves deb atay boshlashdi. Esekiel ikkala oyoqda ham kuchli zarba bera oladi, golni his qilish qobiliyatiga ega va bo'yi uzun bo'lmasada, ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydi. Universal, hujum chizig'ida juda foydali va hujumchi ortida ham harakat qila oladi. Uning tranfser huquqini "Roma" sotib olgan.


6. Yulian Brandt ("Bayer") 

Yosh: 18

Amplua: qanot yarim himoyachisi


Vunderkind "Bayer" asosiy tarkibidan joy olishga ulgurdi va Bundesligada 3ta gol urib, Leverkuzen ahlining sevimli futbolchilaridan biriga aylandi. Brandt haqiqiy nemis, u jamoaviy o'yinda juda yaxshi harakat qiladi. Bo'yi uzun bo'lishiga qaramay, Yulian chaqqon va to'p bilan ajoyib harakat qiladi. U birga-bir vaziyatda raqibni aldab, undan qochib keta oladi. Yulianuzoq masafadan aniq zarba berishi mumkin.


5. Gabriel Barbosa ("Santos") 

Yosh: 18

Amplua: hujumchi ortida harakat qiladigan futbolchi


Neymar Evropada o'zini ko'rsatishga ulgurmasidan, "Santos"da yangi yulduz paydo bo'ldi. Gabriel klub tarixida eng tez gol muallifiga aylandi (Neymar rekordi yangilandi). Kubok uchrashuvida o'z jamoasiga g'alaba olib keldi. Futbolchi o'tgan mavsumda noodatiy driblingi bilan chempionatda yarqiradi va "Santos"ning eng yaxshi to'purariga aylandi. Uning badal puli 50 mln evro bo'lishiga qarmasdan, "Gabrigol"ga xaridor bor: "Barselona" bu futbolchini band qilib qo'ygan.



4. Kingsli Koman ("Yuventus") 

Yosh: 18

Amplua: vinger


"Yuventus" bir yil oldin PSJdan iqtidorli francuzni olib qo'ydi. Koman "Kevo"ga qarshi debyut uchrashuvida ajoyib driblingi, turli xil manyovrlari bilan ajralib turdi. Yarim himoyachi kubok o'yinida gol urdi va A Seriyada Morataga golli pas berdi. Kingsli yumshoq texnika, tezilik va ajoyib zarbasi bilan Terri Anrini eslatib yuboradi.


3. Alen Xalilovich ("Barselona") 

Yosh: 18

Amplua: hujumkor yarim himoyachi


Bu iqtidor haqidagi gap so'zlar bir necha yil oldin boshlangan. Xalilovich 17 yoshida Zagrebning "Dinamo" klubida 50dan ortiq uchrashuv o'tkazgan. U "Barselona"ga o'tganidan so'ng, tezda klubning ikkinchi jamoasiga yuborildi. Xalilovich "La Masiya" bitiruvchilari orasida yo'qolib qolmadi va 30 raqam ostida (Messi ham Kataloniya klubidagi faoliyatini shu raqamda boshlagan) "Barselona" safida debyut qilishga ulgurdi. Xorvat ajoyib texnika, o'zgacha dribling egasi va kelasi yil "Barsa"ning asosiy tarkibidan joy olishi mumkin.


2. Xakim Mastur ("Milan")

Yosh: 16

Ampula: hujumkor yarim himoyachi


Bu iqtidor egasi hozircha "Milan" safida debyut qilgani yo'q, ammo "YouTube" yulduziga aylanishga ulgurdi. Yigitcha atrofida futboldan ko'ra, piar ko'proq, ammo Mastur katta iqtidorga egaligi aniq. "Primavera" tarbiyalanuvchisi fantastik texnikaga va juda katta tezlikka ega. U "Real" va "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvlarning oxirida maydonga tushib, yorqin o'yin ko'rsatgani yo'q, ammo bahsni ham buzib qo'ygani yo'q. "Milan" "Barselona" taklifini rad etdi: "rossonerlar" bu futbolchi orqali klubning avvalgi obro'sini tiklab olmoqchi.


1. Martin Edegor ("Real")

Yosh: 16

Ampula: hujumkor yarim himoyachi


Norvegiyaliklar mamlakat tarixida bunday iqtidorli futbolchi bo'lmaganini takidlashmoqda. Martin o'tgan yili ikki ichki rekorni yangilab, "Stremsgodset"ning etakchisiga aylandi va Madridga ko'chib o'tdi. Edegor "Real"ning ikkinchi jamoasida yo'qolib qolgani yo'q, ammo "Qirollik klubi"da ham debyut qilmadi. Anchelottining fikricha, Edegorning Isko va Xames bilan raqobatlashishiga juda erta. Ammo Martin terma jamoaga kerak, u Xorvatiyaga qarshi o'yinda yagona porlab turgan norvegiyalik bo'ldi. Edegor ko'pqirrali va pleymeyker uchun kerakli bo'lgan barcha xususiyatlarga ega.


footballhd.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика