So’nggi yangiliklar

02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  0 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  22 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  4 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  1 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   1 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2 23:19Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар 10 киши бўлиб ҳам футбол ўйнаш мумкинлигини кўрсатиб беришди"   16 23:11Элдор Шомуродов учун қайси вариант қулайроқ? Илёс Зейтуллаев фикрини айтди  5 23:09Франция чемпионати старт олмоқда! "Гавр" - ПСЖ баҳси асосий таркиблари билан танишинг  3 22:48Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйиндан мухлислар ютди"  6 22:32Вадим Абрамов: "Бизнинг пенальти нега бекор қилинганига тушунмадим"  6

Kelajakka sarmoya. Kibersport olamiga kirib kelgan 5 ta klub Yangiliklar

Kelajakka sarmoya. Kibersport olamiga kirib kelgan 5 ta klub

Kibersport kundan-kunga rivojlanib boryapti va futbol klublari ham bu sohaga qiziqish bildirishni boshlab yuborgan.

Bugun sizga endi kompyuter musobaqalarida ham ishtirok etuvchi futbol klublari haqida malumot beramiz.

"BESHIKTOSH"

2015 yilning 21 yanvar kuni klub rahbariyati tavakkalga qo'l urdi. O'sha kuni ular "League of Legends" o'yini  jamoasi bilan shartnoma imzolashdi. Bu turk klubini ishontira olgan "Riot Games" xodimlarining xizmati tufayli sodir bo'ldi. Ayni damda Turkiyada "League of Legends" o'yini tennisdan mashhurroq, shu sababli "Beshiktosh" yangi yo'nalishda ish boshlashga qiziqish bildirdi.


"Har doimgidek biz turk sporti tarixidagi katta burilishlarni biz boshlab beramiz. Dunyo o'zgaryapti va kompyuter hamda internet kelajak avlod uchun katta ahamiyatga ega. Do'stlarimiz tufayli endi bizda maydonda emas, onlaynda kurashadigan jamoamiz bor" - deydi "Beshiktosh" klubi vakili Metin Albayrak.


Ushbu jamoa ikki marotaba Turkiya chempionatida g'olib bo'ldi, xalqaro arenada esa o'rtamiyona qatnashchilardan biri hisoblanadi. Klubning so'nggi jiddiy g'alabasi "SL i-League Invitational" turnirida bo'lgan, ular MDH va Yaponiya jamoasini "quruq" hisobda mag'lub etishgan.


"VOLFSBURG"

"Volfsburg" tarixidagi yangi, kibersport sahifasi 2015 yil 21 may kuni ochilgan. O'sha kuni klub FIFA bo'yicha to'rt karra Germaniya chempioni Benedikt Zalcer (Salz0r) bilan bilan shartnoma imzolagan.


"Volfsburg" 2016 yilning yanvarida FIFA bo'yicha 2014 yilgi jahon chempionati kumush medali sohibi Devid Bifuey (DaveBtw) bilan kelishuvga erishdi. Jamoa sport direktori Klaus Allofs hozir kibersport qanchalik muhimligi haqida gapirib o'tdi.

"Biz bu borada Bundesliga klublari orasida etakchi bo'lmoqchimiz. Maqsadimiz - real va virtual futbolidagi aloqalarni yaxshilash. FIFA yildan-yilga haqiqiylashib boryapti va u professional o'yinchilar hamda muxlislar orasida juda mashhur" - deydir Allofs.

Hozir klubning o'rindiq ishlab chiqaruvchi NEEDforSEAT va strim platformasi bo'lgan Hitbox bilan homiylik shartnomasi bor.

FIFA bo'yicha bahorning asosiy turniri hisoblangan "FIFA Interactive World Cup 2016"da Devid omadsiz ishtirok etdi, Zalcer esa jahonning eng yaxshi 16 o'yinchisidan biriga aylandi.


"VEST XEM"

"Vest Xem" FIFA o'yini bo'yicha yagona xaridni amalga oshirgan. SHon Allen (Dragonn) biroz oldin aytib o'tgan turnirimiz  "FIFA Interactive World Cup 2016"da Muhammad Al-Bakega mag'lub bo'lib, kumush medal sohibiga aylandi.


"Vest Xem" Premer-ligada ajoyib mavsum o'tkazdi. Kelasi mavsum ham shunday bo'lishiga umid qilaman. Jamoa muvaffaqiqyatiga xissa qo'shish uchun FIFA turnirlarida qo'limdan kelgan barcha ishni bajaraman" - deydi Allen.

Joriy yil SHon uchun hozircha omadli o'tmoqda. Yosh kibersportchi turnirlarga tayyorlanishda davom etyapti. Ammo hozircha virtual futbol o'yini muxlislari "Dota 2" yoki "League of Legends"dagi kabi ko'p emas.


"SHALKE-04"

Kibersport bozoridagi eng yirik transferni "SHalke-04" rahbariyati amalga oshirdi. Ular FIFA o'yinining erkin yoki istiqbolli o'yinchilarini izlamay, jahondagi eng mashhur o'yin - "League of Legends"ni tanladi. "Elements" jamoasini xarid qilish ularga qanchaga tushgani haqida malumotlar yo'q. Ammo turli mish-mishlarga ko'ra, bu transfer 1,5 mln. evroni tashkil qilishi mumkin.


"Elements" "Dota 2" sharhlovchisi Yakob Toft-Andersen (Maelk) pullari evaziga yashayotgan edi. Jamoa xarid qilingandan so'ng Yakob klubning kibersport boshqaruv bo'limiga o'tdi.

"Elements" bahorgi mavsumda ilk turlardan o'zini yaxshi ko'rsatga bo'lsada, barqaror o'yin namoyish eta olmadi. Natijada LCS pley-off bosiqchiga o'tish uchun ularga 3 ta g'alaba etishmadi.


"SAMPDORIYA"

Italiya - bir qarashda kibersportdan ancha uzoq mamlakatga o'xshaydi. Bu mamlakatda 150 nafar o'yinchi ham yo'q. Italiyalik sportchilarning yutib olgan eng kichik summasi - 11,14 dollar (Call of Duty 4: Modern Warfare). Eng yirigi esa - 188 342 (Painkiller - hozir bu o'yin bo'yicha musobaqalar bekor qilingan).

"Sampdoriya" FIFA bo'yicha kibersportchi bilan shartnoma tuzishi - mamlakat uchun katta voqeadir. Matta Guarrachino (Lonewolf92) - olti karra Italiya chempioni va World Cyber Games 2011 broza medali sohibi hisoblanadi. Sportchining barcha katta g'alabalari ortda qolgan. SHunga qaramay, Guarrachino o'z mamlakatida juda mashhur.


"Men Italiya klubi sharafini himoya qiluvchi birinchi kiberfutbolchi bo'laman. Bu barcha uchun yangi bozor. Kibersport o'syapti, "Sampdoriya" esa bu sohaning istiqbolini payqadi va kibersportga sarmoya kiritgan birinchi jamoa bo'lishni istayapti" - deydi Matta.


Bu klublarga nega kerak?

Hozir milliy chempionat va kibersport bozorini solishtirishga juda erta. "Beshiktosh" va "SHalke-04" mavsumni yaxshi o'tkazdi. Ikkala jamoaning "League of Legends" o'yini bo'yicha tarkib bor. Eng yaxshi bo'lmasada, etarli darajada kuchli.


Premer-liganing yakunlangan mavsumda juda yaxshi ishtirok etgan "Vest Xem" FIFA bo'yicha jahon chempionati kumush medali sohibiga ishonch bildirgan. "Volfsburg"da ham munosib o'yinchilar mavjud. FIFA o'yini juda mashhur bo'lsada, turnirlar borasida katta muammolarga ega. Balki klublarning qiziqishi "EA"ni bu haqda jiddiyroq o'ylashga majbur qilar.

Klub rahbariyatlari virtual va real sport muxlislarini birlashtirishni maqsad qilgan. Bu barcha uchun yaxshi namuna, ayniqsa kibersportda pul topmoqchi bo'lganlar uchun.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика