Kelajakka intilish: A Seriya 27-tur prevyusi. Eldor SHomurodov nihoyat safga qaytadimi?
01 mar 2024 11:12
Yangiliklar
Kelajakka intilish: A Seriya 27-tur prevyusi. Eldor SHomurodov nihoyat safga qaytadimi?
"Lacio" — "Milan"
Laccari va Xyusayning qaytishi yaxshi yangilik bo'ldi, umuman Sarri seshanba kuni bo'lib o'tadigan "Bavariya"ga qarshi o'yinni esdan chiqarmasligi kerak, shunday ekan hozirgi formalariga qarab etakchilardan kimdir tatil olishi mumkin, Patrik va Rovella esa jarohat sabab aniq maydonga tushmaydi. "Milan"ga kelsak, Kalyulyu va Tomori asosiy tarkibda ko'rinish berishi mumkin, ammo umuman olganda "Atalanta"ga qarshi o'yinga nisbatan katta o'zgarishlarni kutish noo'rin, bundan tashqari Yovich diskvalifikaciya qilingan, Okafor esa jarohatidan to'liq forig' bo'lmadi.
"Milan" o'tgan safar uyida 2-0 hisobida g'alaba qozondi, hozir ham bu o'yinda favoritdek ko'rinmoqda. Hattoki "qizil-qoralar"ning so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizroq ishtiroklarini hisobga olganda ham ustunlik ko'proq ular tarafda, "Lacio" esa har qanday holatda ham CHempionlar ligasi o'yini haqida ko'proq o'ynamoqda.
Lazio |
Serie A . 27-tur 02/03/2024, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
AC Milan Noah Okafor - 88' |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 48000 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Di Bello
"Monca" — "Roma"
Iskoning diskvalifikaciyasi so'nggi o'yinlarni o'tkazib yuborgan D'Ambrozioga yo'l ochishi aniq. SHuningdek jamoaga Vinyato va Kaprari yordam bera olmaydi. Palladinoning sxemasida ham o'zgarish bo'lish ehtimoli kam, shu sabab Jurichga orqadan Karboni va Mota yordam beradi. "Roma" asosiy tarkibiga Lukaku qaytishi kerak, unga Azmunning sheriklik qilishi ham istisno etilmagan, Dibala esa bu holatda orqaroqda joylashadi. SHuningdek, "jalorossi" katta ehtimol bilan bu o'yinda 4 himoyachi bilan harakat qiladi, markazda esa Manchini va Smolling joylashadi.
"Roma" ilk davrada 1-0 hisobida g'alaba qozongan, hozir ham favorit maqomida. Baribir De Rossining kelishi bilan jamoa haqiqatdan o'zgacha shijoat oldi va ancha agressiv tarzda o'ynamoqda, inqirozni boshdan kechirayotgan "Monca" ketma-ket 5ta o'yindan beri yutqazmayotganini esdan chiqarmaslik kerak, shunday ekan "bo'rilar"ga oson bo'lmaydi.
Monza Andrea Carboni - 87' |
Serie A . 27-tur 02/03/2024, 22:00 4
:
1
Tugadi
|
Roma Lorenzo Pellegrini - 38', Romelu Lukaku - 42', Paulo Dybala - 63', Leandro Paredes - 82' |
Stadion: U-Power Stadium, 14188 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Piccinini
"Empoli" — "Kalyari"
Kaputo, Grassi va Jurkovski hali ham jarohatdan so'ng tiklanmoqda, bu esa "Sassuolo"ga qarshi g'alaba qozongan tarkibning o'zgarmasligidan dalolat beradi. "Orolliklar"ning hujumida Lapadulla va Luvumbuning o'ynash ehtimoli juda katta. Xabar berilishicha, Eldor SHomurodov tiklanishga yaqin, ammo qaydnomaga kiritilish ehtimoli past. Raneri katta ehtimol bilan "Napoli"ga qarshi o'yindan ko'ra hujumkorroq variant tanlaydi, bu esa hujumda forvardlar juftligiga yordam beradigan Violaning asosiy tarkibda o'ynashi mumkinligini anglatadi.
Ularning oldingi o'yini juda zerikarli kechgan va muxlislar Sardiniyada gol ko'rishmagandi. Hozir ham shunday bo'lishi mumkin. "Empoli" yuqorilagan, ammo ularning buni qancha ushlab turishi noaniq, "Kalyari" esa mehmonda aniq tavakkal qilmaydi, shunday ekan o'yin tomoshabop bo'lmasligi mumkin.
Empoli |
Serie A . 27-tur 03/03/2024, 19:00 1
:
0
Tugadi
|
Cagliari Jakub Jankto - 69' |
Stadion: Stadio Carlo Castellani, 11223 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Rapuano
"Napoli" — "Yuventus"
Osimxenning o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida, ammo "Napoli" uning o'ynay olishiga umid qilmoqda, Kayuste esa o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Bunday holatda maydon markazida Zelinski, Angussi va Lobotka harakat qiladi. Allegrida esa tarkib bilan muammolar jiddiyroq, Makkeni va Rabo o'ynashmaydi, Danilo tiklanishga ulgurmaydi, Kezaning jarohati haqida esa gapirmasa ham bo'ladi. Bunday holatda asosiy tarkibga Alkaras va Miretti chiqishi kerak, Vlaxovich esa Yildizga yordam beradi.
"Yuventus" ilk davrada 1-0 hisobida g'alaba qozondi, hozir esa mehmonlarning kadrlar muammosi sabab "Napoli" favorit hisoblanadi. Ammo, bu erda ko'p narsa "keksa sinora"dan farqli o'laroq chorshanba kuni o'ynagan va umuman evrokubok o'yinlari sabab qiyinroq taqvimga ega bo'lgan "Napoli"ning holatiga bog'liq bo'ladi.
SSC Napoli Khvicha Kvaratskhelia - 42', Giacomo Raspadori - 88' |
Serie A . 27-tur 04/03/2024, 00:45 1
:
2
Tugadi
|
Juventus Federico Chiesa - 81' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 52000 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
"Inter" — "Jenoa"
Bastoni diskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yuboradi, Frattezi ham katta ehtimol bilan o'ynamaydi. Ammo, tarkibga Acherbi va Tyuram qaytgan, ammo Simone Inzagi ularni keyingi turlar uchun asraydi, hujumda esa yana Lautaro-Arnautovich juftligini ko'ramiz. Katta ehtimol bilan maydon markazida Badel va Frendrupuga yordam beradigan Malinovskiy asosiy tarkibda tushadi. Hujumda esa Gudmondson va Rettegi ishtirokidagi o'zgarmas duet.
Jamoalar ilk davrada durang o'ynashdi, "Jenoa" esa "qora-ko'klar"dan ochko olishni uddalagan kam sonli jamoalardan bo'ldi. Hozirda "grifonlar"ning imkoniyatlari past baholanmoqda, ammo menimcha "Inter"ga yana juda qiyin bo'ladi va aynan shu o'yin "qora-ko'klar" uchun A Seriyada uzoq vaqtdan beri eng asabiy o'yin bo'ladi, "Jenoa" juda qatiyatli va noqulay uslubga ega jamoa.
Inter Kristjan Asllani - 30', Alexis Sanchez - 38' |
Serie A . 27-tur 05/03/2024, 00:45 1
:
2
Tugadi
|
Genoa Johan Vasquez - 54' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 75421 tomoshabin
Bosh hakam: Giovanni Ayroldi
Sergey Rumyancev tayyorladi
Fikrlar