So’nggi yangiliklar

23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  0 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  2 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:50"Манчестер Сити" — "Солфорд Сити". Таркиблар маълум!  14 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  3 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  11 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  30 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  3 19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  3 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   5 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  9 17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  4 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  3

Kelajak Yulduzlari-2016. Qashqadaryo estafetani Toshkentga topshirdi Yangiliklar

Kelajak Yulduzlari-2016. Qashqadaryo estafetani Toshkentga topshirdi

Bugun Qarshidagi "Geolog" sport majmuasida 8ta jamoa ishtirok etgan "Kelajak Yuduzlari" futbol festivalining so'nggi kuni bulib o'tdi.

2006 va 2007 yillarda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi turnirda jami 120 nafar yosh istedod egalari to'p tepdilar. Yodingizda bo'lsa, "Kelajak Yuduzlari"ning joriy yil hisobidagi dastlabki musobaqasi Namanganning To'raqo'rqon tumanida tashkillashtirilgandi. Qarshidagi musobaqa ham vodiydagidan qolishmadi.


Festivalning so'nggi kuni futbolchilar uchun hakikiy bayramga aylandi desak xato kilmaymiz. Ro'ziqul Berliev boshchiligidagi "Nasaf" murabbiylar shtabi va futbolchilarning tashrifi ular uchun yodda qolarli vokea bo'ldi. 


Musobaqaning so'nggi o'yini Osiyo chempionlar ligasi andozasida o'tkazilgani, bolalarning hayajonini oshirdi. Turnirda barcha g'olib, barchaga birdek sovg'alar taqdim qilindi.


SHuningdek, "Mashal" akademiyasi rahbari Abdurahmon Yumangulov, "Nasaf" akademiyasi rahbari Sergey Kucharenko, Geolog Sport sog'lomlashtirish markazi boshlig'i Nodir Halilov, Qarshi shahri futbol federaciyasi rahbari - Asror Xodjaev va uchrashuv hakamlariga esdalik sovg'alari topshirildi.




"Mashal" va "Nasaf" klublarining homiyligi ostida o'tkazilgan festivalning eng yaxshi futbolchilariga ham esdalik sovg'alari taqdim etildi. 

"Kelajak Yuduzlari"ning eng yaxshi futbolchilari:

"Nasaf 2007" - Ozod SHodiev

BO'SM 2007" - Behruz No'monov

"SHo'rtan" - Firdavs Baqoev

"Koson" - Qurbonali SHomurodov

"Mashal" - Dilmurodov Mirjalol

"Gazchilar - Boymurodov Muhammadali

"Nasaf" - Yarkulov SHohruh

BO'SM - Yakubov Amin


"Kelajak Yuduzlari"ning eng yaxshi darvozabonlari:

"Nasaf 2007" - Musulmonov Azizbek

BO'SM 2007 - Dalyar Qurbonov 

"SHo'rtan" - Orzimurod Eshimov

"Koson" - Asliddin Eshqulov

"Mashal" - CHoriev Islom

"Gazchilar" - Primov Firdavs

"Nasaf" - No'monov Asilbek

BO'SM - Yuldashev Yusufxan


Qashqadaryo futbolining bugungi saviyasini ushlab turayotgan, Odil SHukurovichga atalgan esdalik sovg'asini Nodir Halilov qabul kilib oldi. 

"Hammasi alo darajada o'tdi. Keyingi musobaqaga Muborak mezbonlik qiladi. Bu kilinaetgan ishlarning kelajakka foydasi katta bo'ladi. Festival ko'rinishidagi musobaqalarni ko'paytirishimiz kerak, shunda murabbiylarning fikri xayolidan natijani surib tashlagan bo'lamiz", - deydi "Mashal" akademiyasi rahbari Abdurahmon Yumangulov.


"Nasaf" jamoasi bosh direktori SHamil Yarulin ham keyinchalik Qashkadaryo bunday musobaqalarga "labbay", - deb javob berishini alohida takidladi va "Kelajak Yuduzlari"ning Toshkentdagi final bosqichiga omad tiladi. 


Ro'ziqul Berdiev: "KYU" ishtirokchilari yillar o'tib Nasaf sharafini munosib himoya qiladilar degan umiddaman"

"Kelajak Yuduzlari"-2016ning so'nggi ikki kuniga tashrif buyurgan "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev festivalga oid fikrlarini bildirib o'tdi.


"Uch kun davomida bolalarning quvonchini ko'rib o'z yoshligimiz esimizga tushib ketdi. Bugun sizlarning bayramlaringiz. Barchangiz g'olibsizlar. Birontangizni yomon o'yin ko'rsatdi deb aytmayman. Yanagi yil ham shu musobaqada to'p tepishni istasangiz, o'z ustingizda ishlashni kanda qilmang. Futbolda muvaffaqiyatga mehnat bilan erishiladi. Istardimki, akalaringizga o'xshab sizlar ham yillar o'tgach voha klublari, xususan "Nasaf" sharafini munosib himoya qilasizlar",- deydi Ro'ziqul Saydullaevich.
















Ertaga bolalar uyida navbatdagi futbol turniri bo'lib o'tadi. "Kelajak Yulduzlari" - 2016ning Toshkentdagi bosqichi 8-11 noyabr kunlariga rejalashtirilgan.

Taqdirlash marosimining fotogalereyasi bu erda: FOTOGALEREYA

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика