Keyrush hozirgacha Eron terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani yo'q
16 avg 2014 13:28
Yangiliklar
Keyrush hozirgacha Eron terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani yo'q
Portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush hozirgacha Eron terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani yo'q.
Mamlakat futbol federaciyasi prezidenti Ali Kafashyanning takidlashicha, agar 61 yoshli murabbiy yangi shartnoma shartlariga rozi bo'lsa, unga Eronga uchib kelish uchun samolyot chiptasini jo'natadi.
"Bu Kafashyanga bog'liq. U qachon xohlasa, o'shanda uchib boraman. Men qaytishim muddatini ayta olmayman. So'nggi marta Eronda bo'lganimda u bilan shartnoma shartlarini kelishib olgandik. Biz biror bir bandni buzmaslikka qaror qilganmiz. Ammo Kafashyan menga yangi shartlarni jo'natdi" - deydi Keyrush.
Keyrush Braziliyadagi jahon chempionati paytida, terma jamoadan yangi taklif olmaganini va jamoani tark etishini aytgandi. Ammo iyul oyida Keyrush Eron futbol federaciyasi bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo'lgandi va buning bari 1 avgust kuni hal bo'lishi kerak edi.

Fikrlar