Keylor Navas "Real" asosiy tarkibidagi o'rni uchun kurashishda davom etadi
27 mar 2015 21:13
Yangiliklar


Keylor Navas "Real" asosiy tarkibidagi o'rni uchun kurashishda davom etadi
"Real" darvozaboni Keylor Navas jamoasining zahira o'yinchisi bo'lib qolib ketish niyati yo'qligini aytib o'tdi.
"Men shunchaki taslim bo'lmayman. O'z ustimda tinmay ishlashda davom etaman. Asabiylashmayapman. "Real"da o'ynash ajoyib. Umid qilamanki, hali o'zimni ko'rsata olaman", - deydi darvozabon.

Fikrlar