So’nggi yangiliklar

23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  3 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  18 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0

Kechagi va bugungi o'yinlarga "ichidan" munosabat Yangiliklar

Kechagi va bugungi o'yinlarga "ichidan" munosabat

Kechagi taxminlarim deyarli to'g'ri chiqdi, biroq Lokomotiv bunchalikka boradi deb o'ylamagandim.

«Lokomotiv» 2011-13 yillardagi «Paxtakor», 2018-19 yillardagi «Bunyodkor»ni eslatyapti. Jamoada pul qolmaganida, «Paxtakor» va «Bunyodkor» majbur o'yinchilarni sotib yuborgan, hech kim o'zi ketib qolmagan. CHunki ularning ko'pchiligi, shu klubning haqiqiy azolari edi. «Lokomotiv» esa yillar davomida mana shu tizimni yaratmadi. Pul tortilib qolgach, tabiiyki etakchilar ketdi. O'rinbosarlardan esa kuchli o'yichi chiqib kelmadi. «Paxtakor» va «Bunyodkor», o'tgan yili «Nasaf» shunday holatda, o'z tarbiyalanuvchilarining evaziga qiyinchilikni engib o'tgandilar.


«Lokomotiv» hozir yoshlarga qaray boshladi. Buning natijasi bugun erta ko'rinmaydi. Kamida 5-6 yil o'tishi kerak. SHuning uchun «Lokomotiv»da bu yil yana avvalgidek moliya bo'lmasa, keyingi ikki yilda "temiryo'lchilar"ni o'rtamiyona jamoa sifatida ko'ramiz.


«Navbahor» esa ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Lekin klub bundan ham yaxshi o'ynashi mumkin, nimadir etishmayapti. Ayniqsa, himoyadagi pala-partishlik katta o'yinlarda pand berishi mumkin. «Nasaf» bilan o'yin misolida buni ko'rdik, bu ko'proq murabbiyning xatosi. «So'g'diyona», aksincha, aynan himoyada aqlli o'ynayapti. Avtobus qo'yishda ham, qo'yish bor. Baqoev har bir o'yinchisini zonalarga to'g'ri taqsimlay olyapti.


«Surxon» maqsadini tushunib olish kerak? Maqsad, agar Surxondaryoga katta futbolni qaytarish bo'lsa, mahalliy tarkib bilan ham shunday natija qilsa bo'ladi, sal ishlov berib. 12-o'rinni olding nima-yu, 5ni olding nima? Bari bir OCHLga yo'llanma bermasa! 3 yildan beri tarkib o'zgarishda davom etadi. «Anji» Moskvada yashab, faqat uy o'yinlari uchun Mahachqalaga borardi. «Surxon» ham Toshkentni baza qilib, Termizga o'yin uchun bordi. Nima keragi bor, ortiqcha sarf xarajatni? Superligaga berilgan yo'llanmadan unumli foydalanib, hech bo'lmasa doimiy ravishda o'rtamiyona bo'lib yurish kerak. Buning uchun poydevor qo'yish lozim. Surxondaryo futbolchi tanqis yurt emas, afsonalar shahri.



«So'g'diyona» ishonchni oqlashda davom etyapti. Jasur Hasanov ikkinchi yoshligini o'tkazyapti. Hech qarimaydigan, eski sifatli o'yinchilardan. O'zbekiston chempionatida qolgan so'nggi futbolchi. Ayni paytda, faqat Jaloliddin Masharipov qanotdan u kabi sifatli pas bera oladi. Agar 26-27 yosh bo'lganida, bugungi futbol agentliklari rivojlanayotgan paytda, u Qatardan ham ko'ra kuchliroq ligaga yo'l olardi.



«Buxoro»da eshitishim bo'yicha taxt uchun kurash. Bu eng yomoni. Amirlar yurtida, endigi nishon klub. Alisher akaga imkoniyatni berish kerak. Paytida natija qildi, ammo katta byudjet bilan 3-o'rinni ololmaganligi uchun bo'shatishgandi. Mana yana klubga qaytdi, ammo uni yo'q qilishmoqchi. Bundan keyin futbolda katta pul bo'lmaydi, endi kim menedjementni tushunsagina muvaffaqiyatga erishadi.


Bugungi o'yinda esa shubhasiz «Metallurg» favorit, 3 yildan beri AGMK kabi toblandi. Har qanday klubning toblash uchun kamida 3 yil kerak. «Metallurg» va AGMK aynan o'sha maromiga chiqyapti. AGMK bu ketishda keyingi yil aniq uchlikka kiradi, balki kumush medalni oladi. «Metallurg»da esa bu yil OCHLga chiqish uchun imkoniyat katta. SHipilovni juda zo'r murabbiy demayman, ammo u tarkibni bir xilda shakllantira olishi uchun, murabbiyga kerak bo'lgan muhim narsa, vaqtga ega bo'ldi. Boshqa klublar ham shu narsani tushunib etsalar bo'lardi, natija talab qilishdan avval.


«Andijon»ga kuchli menedjer kerak. Buni ko'p marotaba aytib kelganman. Andijon hokim namanganlik hamkasbi kabi, etiborni poydevorga qaratsa, Andijondan yana Hamidullaev chiqadi.


Bugun «Mashal» - «Nasaf» o'yinida Ro'ziqul Berdievning imkoniyati yuqori. «Mashal» himoyaga etibor qaratsa kerak.


Bu ikki o'yin haqida ertaga to'xtalib o'taman.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика