So’nggi yangiliklar

00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  0 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   34 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6

Kechagi kun voqealari: Qosimovni eslagan Kovtun, "Navbahor" sobiq posboni bilan uchrashuv va "Andijon"da albaniyalik hujumchi Yangiliklar

Kechagi kun voqealari: Qosimovni eslagan Kovtun, "Navbahor" sobiq posboni bilan uchrashuv va "Andijon"da albaniyalik hujumchi

Antaliya yig'ini yakuniga etmoqda.

Asosiy maqsad o'zbek klublarining o'quv-mashg'ulot jarayonlarini muxlislarga etkazish. Lekin birgina shu bilan cheklanib qolish o'zimizni ham, qolganlarni ham zeriktirishi turgan gap. Mazkur omilni hisobga olib katta avlod vakillariga tanish bo'lgan, o'z vaqtida chempionatimizda to'p tepgan va boshqa yulduz futbolchilar bilan tanishish payida bo'ldik. 

Xususan, "Andijon" jamoasining kechagi so'nggi ikki nazorat uchrashuvi bahonasida bir qator qiziqarli shaxslar bilan uchrashish imkoni tug'ildi. 1990-1991 yillarda Qashqadaryoning "Geolog", Andijonning "Navro'z" jamoalarida to'p tepgan, keyingi faoliyatini hakamlik bilan bog'lab hozirda nazoratchi sifatida ishlayotgan Aleksandr Gorda bilan o'rtamizda kichik suhbat bo'lib o'tdi. Uni katta avlod vakillari yaxshi tanishadi. 

"Ajoyib davrlar edi, hozir barcha yigitlarni eslay olmasam kerak, lekin ajoyib tarkib edik. Karen Safarov, Orif Mamatkazinlar bilan uzoq vaqtdan beri aloqadamiz. Ular bilan jon deb ko'rishgan bo'lardim, hozirchalik buning iloji bo'lmayapti. Umid qilamanki, ular bilan yana ko'rishaman",- deydi Aleksandr Petrovich

- "Andijon"dagi uchrashuvlardan so'ng bo'sh vaqtlaringizni qanday o'tkazar edingiz? CHoyxonada sizni ko'p ko'rishgan ekan (kuladi).

- Ha, uchrashuvlardan so'ng jamoa bilan choyxonaga borardik, birga tushlik qilardik va bo'lib o'tgan o'yinni muhokama qilar edik va ko'pincha mehmonxonada bo'lardim, chunki ko'cha issiq bo'lar edi. Albatta Andijoncha oshni sog'inmaslik mumkinmi? Oxirgi marotaba jamoadoshlarimni 1991 yilning so'ngida ko'rganman. Men o'shanda "Andijon"dan ketgandim. Keyinchalik CHimkentga qaytganimda ko'rishdik. Saytingiz orqali barchaga salom yo'llayman. 



"Rodina"da ayni paytda Dmitriy Parfyonov, Vladimir Beschastnix va Yuriy Kovtun singari "Spartak Moskva" singari sobiq yulduzlar murabbiylik qilmoqda. Kovtun bilan suhbatlashar ekanmiz bevosita Mirjalol Qosimovning "Alaniya", "Krilya Sovetov"da o'ynagan paytlarini yodga oldik. 

"Qosimov — o'zbek va rus futbolidagi katta nom. U kabi individual kuchli futbolchini yaqin yillarda uchratmadim",- deydi Kovtun.  

"Ashurmatovga biz ham qiziqish bildirgan edik" — "Spartak Moskva" sobiq yulduzi Antaliyada Championat.asia saytiga intervyu berdi

Kunning ikkinchi yarimida Moldovaning "Petrokub" jamoasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Buni qarangki, ushbu jamoada darvozabonlar murabbiyi sifatida "Dinamo" va "Navbahor" darvozalarini qo'riqlagan Denis Romanenko faoliyat olib borayotgan ekan. 

- Vodiyda nima gaplar?

- Hammasi yaxshi. Muxlislar sizni eslab turishadi. 

- Siz bilan o'tgan yili ham bog'lanishga harakat qilgandim. Lekin topolmadim... 

- Ijtimoiy tarmoqlarda borman. Qolaversa, Sanjar Asqaraliev bilan aloqamiz saqlanib qolgan. U hozir Namanganda futbol maktabida ishlayapti, to'g'rimi?

- Ha, deb unga quyidagi suratni ko'rsatdim.

 

Uchrashuv yakunlangach intervyu tashkil qilindi. Unda "Navbahor"ning so'nggi yillardagi natijalari, bu yilgi imkoniyatlari, Kosonsoydagi arena va boshqa mavzularda gaplashdik.  Tez orada intervyuning to'liq qismini etiboringizga havola qilamiz. 



Bu orada "Andijon" jamoasi nihoyat hujumchi masalasini ijobiy hal qildi. Rahbariyat va murabbiylar shtabi Argentina, Portugaliya va Serbiyadan bir nechta forvardlar variantlarini ko'rib chiqib yakunda albaniyalik Rubin Xebay bilan shartnoma imzoladi. Xebay chempionatimizdagi 60 davlatdan kelgan va i ilk albaniyalik legioner sifatida qayd etildi. Xebay kechki taomdan so'ng saytimizga maxsus intervyu berishga rozi bo'ldi. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика