So’nggi yangiliklar

18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  6 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  10 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9

Kechagi kun qahramonlari FOTO Yangiliklar

Kechagi kun qahramonlari FOTO

Kecha Evropa milliy birinchiliklarida navbatdagi tur o'yinlari o'tkazildi.
Odatga ko'ra kechagi kun qahramonlarini eslab o'tishga qaror qildik.



"Tottenxem" - "Manchester Siti" 4:1

Qahramon: Uchrashuv davomida mehmonlar darvozasiga gol urgan va golli pas oshirgan argentinalik Erik Lamela.



"Lester" - "Arsenal" 2:5
Qahramon: Londonliklar safida xet-trikka erishgan Aleksis Sanches.




"Liverpul" - "Aston Villa" 3:2
Qahramon: Og'ir jarohatini davolab safga qaytgan Daniel Starrij dublga erishib jamoasiga g'alaba keltirdi.




"Manchester Yunayted" - "Sanderlend" 3:0
Qahramon: Depay gol urishiga yordam bergan va uchrashuvdagi so'nggi golni urgan Xuan Mata.




"Nyukasl" - "CHelsi" 2:2
Qahramon: Maydon egalari hujumchisi Ayoze Perez "CHelsi" bilan o'yinda hisobni ochdi va ikkinchi golga hammualliflik qildi. Biroq bu jamoasining g'alabasiga etarli bo'lmadi.



"Nant" - PSJ 1:4
Qahramon: Anxel Di Mariya gol urishdan tashqari golli pas ham oshirdi.



"Bordo" - "Lion" 3:1
Qahramon: Vahbi Xazri "Lion" bilan uchrashuvda gol urdi va ikkita golli pas oshirdi.




"Augsburg" - "Xoffenxaym" 1:3
Qahramon: Kevin Folland gol urdi va ikkita golda hammuallif bo'ldi.




"Maync" - "Bavariya" 0:3
Qahramon: To'g'ri Robert Levandovski dublga erishdi, ammo qahramon sifatida yosh futbolchi Kingsli Komanni tanladik. Sababi u gol urdi va Levandovskining birinchi goliga pas oshirdi.



"Roma" - "Karpi" 5:1
Qahramon: Yozda Franciyadan "Roma"ga o'tgan himoyachi Lyuka Din birinchi golga pas berdi va so'nggi golni o'zi urdi.




"Napoli" - "Yuventus" 2:1
Qahramon: Amaldagi chempionni mag'lub etilishida Gonsalo Iguanning xissasi katta bo'ldi. Argentinalik futbolchi Insinega golli pas oshirdi va o'zi gol urishga erishdi.



"Barselona" - "Las Palmas" 2:1
Qahramon: Messi jarohat olgach etakchilikni o'z qo'liga olgan Luis Suares dublga erishib jamoasiga g'alaba keltirdi.




"Real" - "Malaga" 0:0
Qahramon: Mehmonlar darvozaboni Karlos Kameni o'yin davomida madridliklarning 10ga yaqin zarbasini qaytarishga erishdi va jamoasiga g'alabaga teng durangni keltirdi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика