So’nggi yangiliklar

20:35U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  48 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  0 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

Kechagi kun qahramonlari FOTO Yangiliklar

Kechagi kun qahramonlari FOTO

Kecha Evropaning kuchli chempionatlarida navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tdi.
Angliya liga kubogi 3-saralash bosqichida "Arsenal" London derbisida "Tottenxem"ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi - 2:1. Arsen Venger Jamoasi safida Mate Flamini dublga erishdi.



"Liverpul" esa quyi liga vakili bo'lgan "Karlayl" bilan 120 daqiqa davomida durang o'ynadi (1:1). Penaltilar seriyasida Mersisayd klubi posboni Adam Bogdan raqibning 3ta zarbasini qaytarib jamoasiga g'alaba keltirib qahramonga aylandi.



"Manchester Yunayted" o'z maydonida "Ipsvich"ni yirik hisobda taslim qildi - 3:0. O'yinni asosiy tarkibda boshlagan Andres Pereyra gol urishga muvaffaq bo'ldi. Klub muxlislari Pereyrani kechagi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb tan olishdi.



O'tgan mavsumni "Real"da o'tkazgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Xaver Ernandes avgust oyida Leverkuzenning "Bayer" klubiga ko'chib o'tdi. Kecha CHicharito "Maync" bilan bahsda klub tarkibidagi dastlabki golini urishga muvaffaq bo'ldi.



Menxengladbaxning "Borussiya" klubi chempionatni juda yomon boshladi. Jamoa dastlabki 5ta o'yinning barchasida yutqazib qo'ydi. Kecha jamoa o'z uyida "Augsburg"ni qabul qilib 4:2 hisobida taslim qildi va ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Bahsda mezbonlar safida Raffael uchta golga hammualliflik qildi.



Per-Emerik Obameyang Bundesliganing dastlabki 6ta uchrashuvining barchasida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi va rekord qayd etdi. Kecha "Borussiya" mavsumda ilk bor g'alaba qozona olmadi, lekin Obameyang gol urishda davom etdi. Uning goli jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qoldi - 1:1.



Milanning "Inter" klubi yangi mavsumni qoyilmaqom tarzda boshladi. Roberto Manchini boshchiligidagi jamoa Italiya A seriyasining 5ta turida 5ta g'alabaga erishib chempionat karvonboshisi bo'lib turibdi. "Neradzurrilar" kecha "San Siro"da "Verona"ni mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Felipe Melo mehmonlar darvozasiga urdi - 1:0.



Italiya A seriyasi debyutanti bo'lgan "Frosinone" dastlabki 4ta o'yinda 4 bor mag'lub bo'ldi. Kecha jamoa turinda "Yuventus" mehmoni bo'lib ilk ochkosini qo'lga kiritdi. Italiyaning amaldagi chempioniga qarshi o'yinning 90+2-daqiqasida Leonardo Blanchard tomonidan urilgan gol "Frosinone"ga sensacion durangni keltirdi - 1:1.  



Vigoning "Selta" klubi kecha o'z maydonida Kataloniyaning "Barselona" klubini qabul qilib yirik g'alabaga erishdi. Yago Aspas va Nolito "Selta"ning g'alabasiga juda katta xissa qo'shishdi. Nolito uchrashuvda gol urib ikkita golli pas oshirdi. Yago Aspas esa dublga erishdi - 4:1.



Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Bilbaoning "Atletik" klubi bilan bahsda dublga erishib jamoaga g'alaba keltirdi - 2:1. Benzema o'tgan turda ham Madrid klubining yagona golini urgandi.



Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика