So’nggi yangiliklar

22:50Сеск Фабрегас фаолиятидаги энг яхши мураббийи ким эканлигини айтди  0 22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  2 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  8 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  2 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  5 21:15УЕФА ЕЧЛ ҳафта рамзий терма жаомасини эълон қилди  6 20:50Милитао жароҳатидан сўнг сафга қайтишга яқин  1 20:29Усмон Дембеле Goal талқинига кўра "Олтин тўп"га энг асосий номзод  5 20:05МЮ ва "Ювентус" бразилиялик хавбекка қизиқмоқда  0 19:40Зоммер: "Агар ақлли ўйнасак, "Барселона" билан ўйинда имконият бўлишини билардик"  2 19:14Яйпанда янги жамоа ташкил қилинди  27 18:48Ламин Ямаль: "Жавоб ўйинида боримизни берамиз"  12 18:22Хаби Алонсонинг ўрнини ким эгаллайди? "Байер" Фабрегас ва тен Ҳаг номзодларини кўриб чиқмоқда  7 17:51​"Барселона" футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  6 17:22"Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланмоқда: Элдор Шомуродов даъвогарлар қаторида  26

Kecha yopiq eshiklar ostida shug'ullangan O'zbekiston terma jamoasi bugun o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazadi Yangiliklar

Kecha yopiq eshiklar ostida shug'ullangan O'zbekiston terma jamoasi bugun o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazadi

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz bugun KXDRga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi.

Turkiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin Toshkentga qaytib kelgan terma jamoamiz ikki kundan buyon "Jar" stadionida mashg'ulotlarni o'tamoqda.

Kecha terma jamoamiz mashg'ulotlari yopiq eshiklar ostida o'tdi.

O'FAning tvitterdagi rasmiy sahifasi kechagi mashg'ulotga 1,5 soat qolganida: "O'zbekiston MTJ azolari bugun Hayit bayramini o'z oila azolari davrasida nishonlagandan keyin, mashg'ulotlarni davom ettirishadi. Bugungi mashg'ulotlar OAV uchun yopiq tarzda o'tadi. Jurnalistlar ertaga o'yinoldi matbuot anjumanidan keyin bo'lib o'tadigan mashg'ulotda ishtirok etishlari mumkin", - deya yozgandi.

Qayd etish kerakki, bugun ertangi O'zbekiston - KXDR uchrashuvi oldidan terma jamoalarning rasmiy mashg'uloti va o'yindan avvalgi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Dastlab, soat 17:30da mehmonlar bosh murabbiyi jurnalistlar savollariga javob beradi. Keyin soat 18:00da KXDR terma jamoasining o'yinoldi mashg'uloti o'tkaziladi. Soat 18:30da esa O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi. Soat 19:00da esa O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'uloti bo'lib o'tadi, deyiladi O'FA xabarida.

Foto             O'z muxlislarini sevadigan va hurmat qiladigan terma jamoa 

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика