So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  3 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  17 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

“KECHA, BUGUN, ERTAGA”. Temur Kapadze... (davomi) Yangiliklar

“KECHA, BUGUN, ERTAGA”. Temur Kapadze... (davomi)

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 119ta o'yinda maydonga tushgan Temur Kapadze bilan bo'lib o'tgan suhbatning birinchi qismini etiboringizga taqdim etgan edik.

Bugun esa uni davomini mutola qilishingiz mumkin.


EVROPADA VOZ KECHILGAN, AMMO BIZDA...

– “Paxtakor” ham, yulduzlarga ega “Bunyodkor” ham OCHLda yarim finalgacha bora oldi. Bu yil sayin OCHLning saviyasi oshib borgani bilan bog'liqmi?

– Haqiqatdan ham OCHL yil sayin kuchayib boryapti. Avvallari yirik hisoblar ko'p qayd etilardi. Lekin bugun hamma jamoa yaxshi o'ynayapti. Jamoalar jismoniy tayyorgarlikka katta etibor berishyapti. SHuning uchun ham Braziliya avvalgi mavqeini yo'qotib qo'ydi. Ular hozir ham texnika borasida kuchli. Lekin avval ikkita o'yinchini aldab ketaverarding, hozir ikkinchisini aldaganingdan keyin, birinchisi yana etib kelyapti.


– Bizda-chi?

– Kishida ikkita mushak bo'ladi, biri uzoq yugurish uchun, biri qisqa masofaga. Bizdagi aksar murabbiylar hamon kross yugurtirishadi va futbolchilarimiz qisqa masofaga tezlik olishda oqsab qolishyapti. Boisi ularning mushaklari qisqa masofaga tezlik olish uchun ishdan chiqadi deb aytsa bo'ladi. Futbolda hech qachon yuz metrga tez yugurish shart emas. Evropada allaqachon bu narsadan voz kechganlar. 


– Demak, bizda zamonaviy futbolni tushunadigan mutaxassislarni olib kelish payti kelgan...

– Albatta. Hech bo'lmasa akademiyalarga olib kelaylik. To'g'ri, bu xarajatni talab qiladi, biz kabilar qotib bo'lganmiz. Lekin yoshlarni hozirdanoq zamonaviy futbol bilan o'stirishimiz kerak.




– SHu narsalarni siz legioner bo'lib bildingizmi yoki o'zimizdan?

– Bizda qaerdan bilasiz? To'g'ri, Xougton va Gyode paytida mazza qilganmiz. Bob Xougtonning mashg'uloti 50 daqiqadan oshmasdi. Bizdagi murabbiylarning 2 soatda beradigan yuklamasini u 50 daqiqada berardi. 50 daqiqa ichida hamma narsani tezda bajarishimiz kerak bo'lardi. Yana bizdagi eng katta muammo bu medicina bo'lib turibdi. Bizning futbolda sportga ixtisoslashgan shifokor yo'q. Bunday shifokorni ham futbolchi tarbiyalagandek o'qitish kerak. Koreya va Qozog'istonda bu borada muammo bo'lmadi. Turli tuman vitaminlarni berishardi. Sportchi uchun bu o'ta muhim narsa. Vitaminni yo maxsus vosita yordamida yoki ovqat yordamida olishingiz mumkin. Lekin hozir ekologiya buzilib ketdi. Oldin bitta olmadagi vitamin, hozir to'rtta olmaga teng. Oshqozon esa bunday katta bosimni ko'tara olmaydi. SHuning uchun vitamin vositalari birinchi planga chiqdi. Sportchiga uglevod, amina vitamin kabi moddalar juda kerak. Har kuni mashg'ulot, ikki mashg'ulot o'rtasida tiklanishga ulgurish kerak. Bizda esa bunday emas. OCHLdagi raqiblarimizning echinish xonasiga kiring. To'lib toshib yotibdi. O'yindan keyinoq ular tiklanib bo'ladilar. SHuning uchun ham natija bor. Vitamini yo'q jamoa futbolchisi ovqatlanish orqali tiklanishi mumkin. Lekin mashg'ulotdan keyin hamma ham tartib asosida ovqatlanadimi? Kimdir somsa eydi, kimdir osh. Kimdir quruq suv bilan. Yana kneziya degan narsa bor. Elementar narsalar bu... Yig'in paytida so'rasang mavsum uchun olib qo'ydik deydi.


YULDUZLARGA BOY “BUNYODKOR”

– “Bunyodkor”dagi davrda qanday edi?

– U erda nimani aytsangiz muhayyo qilishardi. Vitaminlarga qaraydigan alohida mutaxassis bor edi. Men o'zim bu narsalarni Qozog'istonga borib tushundim. 30 yoshga to'lganimdan keyin, u erda ko'rib o'rgandim. Bugunga kelib o'zim uchun o'zim buyurtma beraman. Buning natijasini ko'ryapman.


– Demak sizni oliy ligadagi 25-26 yoshli futbolchilar bilan shu yoshda bir xil yugurayotganingiz sababi vitaminlarda ham. Sizda pul bor xarid qila olasiz, ular esa yo'q.

– To'g'ri. Vitaminlardan to'g'ri foydalanish orqali siz jarohatdan ham xoli bo'lasiz. Agar mushaklar doimiy to'yinib tursa jarohat bo'lmaydi. Bu mavzuda juda uzoq suhbatlashish mumkin. Hozir bironta shifokorga mana pul vitamin olib kel desangiz, u bilmasligi ham mumkin.


– SHuning uchun o'rtamiyona jamoalar bitta o'yin yaxshi o'ynasa, keyingi uchrashuvda o'yini chiqmaydimi?

– Bu ham sabab, lekin to'g'ri ovqatlanish ham kerak. O'yindan o'yinga 5 kun vaqt bor deng. Uch kunda tayyor bo'lishingiz kerak bo'lgan o'yinga noprofessional harakat evaziga bir haftada o'zingizga kelasiz. Hech bir murabbiy futbolchi uyida nima qilayotganini bilmaydi-ku?


– Skolari, Ziko va Rivaldo bu borada o'z shartlarini qo'yganmidi?

– Rivaldo o'zi bilan fizioterapevt olib kelgandi. Klubda biron kishi jarohat olib qolsa, murabbiy uni to'liq fizioterapevtga topshirardi. O'sha paytda “Bunyodkor”da o'ynagan futbolchilardan so'rang. Kun bo'yi fizioterapevt ixtiyorida bo'lganidan qayta jarohat olmasdi. Bekorga Robben ikkinchi marotaba jarohat olganidan keyin Gvardiola klub  fizioterapevtlarini bo'shatib yubormadi. Zamonaviy futbolda fizioterapevt murabbiy kimni maydonga tushirishni hal qiladi.


– Bularning bari oxir-oqibat MTJga ham o'z tasirini o'tkazyapti...

– Bo'lmasamchi... Futbolda mayda narsa bo'lmasligi kerak. Vatan uchun o'ynash kerak deyishadi. Bu gap-so'zlarsiz ham Vatan uchun o'ynaladi. Lekin raqib ham o'z vatani uchun maydonga chiqadi. Lekin ulardan farqli ravishda bizda mayda muammolar to'lib yotibdi. Formani olaylik. Bu milliy terma jamoa. Ko'pincha legionerlardan norozi bo'lishadi. SHunchaki ular o'z klubida professional munosabatdan, bunaqa sharoitga kelib qolishadi. Kayfiyat o'z-o'zidan tushadi. Har bir sohada sharoit qilsangizgina maqsadga erishasiz. Yana bir narsani aytaman, terma jamoada hech kim pulni birinchi o'ringa qo'ymagan. Ayniqsa, legionerlarning puli o'zi uchu etarli. Mana Samvel aka kelganidan keyin mana shunday muammolarni hal qilishni boshladi. Babayan MTJni qo'lga olganidan keyin moddiy texnika baza borasida o'sish bo'lishini bildim.




– “Bunyodkor” davrini yodga olsangiz, futbolimizda katta burilish yuzaga kelgandi...

– Eto O, Inesta, Puyol va Fabregas kabi futbolchilarning kelishi nafaqat muxlislarda, balki o'sha paytdagi jamoa azolarida ham katta qiziqish uyg'otgandi. Ayniqsa Rivaldo bilan bir jamoada to'p tepishimizni malum qilishganidan keyin hayron qolgandik. “Bunyodkor” top klub darajasiga chiqqandi. Stadionda muxlislar soni oshdi. “Bunyodkor”ga tenglashaman deb boshqa klublar ham o'zini yaxshilay boshladi. Hammadan ham muxlislar mazza qilgandi. “Paxtakor” bilan “Bunyodkor” o'rtasidagi o'yinni oylab kutishdi. Muxlislar o'rtasida kim o'zarga o'ynashlar. Futbol muxlisi bilan qiziq. Hozir aynan shu narsa etishmayapti.


– Skolari va Ziko. Ular o'z ishi bilan qanday taassurot qoldirdi?

– Zikoni unchalik kuchli deb aytmagan bo'lardim. Mashg'ulotlari ham kamgina bo'lardi, asosan “dir-dir” o'ynatardi. Raqibni o'rganib, unday o'ynash kerak, bunday qilish kerak demasdi. Skolari esa umuman boshqacha. Raqibni yaxshilab o'rganardi. Taktika borasida o'z qarashlari bor edi.


– 2011 yil jamoani tark etdingiz va ilk marta xorij chempionatida o'zingizni sinab ko'rdingiz?

– Server biroz oldin ketgandi. Men esa mavsum tugashini kutdim. Oldimizda Osiyo Kubogi turgandi. Server Koreyada yaxshi o'ynaganligi uchun, ularda o'zbekistonliklarga nisbatan bo'lgan talab paydo bo'lgandi. SHunda Oybek aka Kasimov menga Koreyadan taklif bo'layotganini aytdi. Men esa Osiyo Kubogi tugashini kutayotgandim. Boisi bu musobaqada yaxshi ishtirok etishimizga ishongandim. Lekin “Incheon Yunayted” vakillari cho'zib o'tirishni istamadilar. Hech qanday ko'riksiz tayyor shartnomani taklif qildilar. SHunda maslahatlashgan holda shartnoma tuzdim.


“KOPA” HORIJDA

– Keyin Osiyo Kubogi boshlandi...

– Avstraliya bilan bo'lib o'tgan o'yinni inobatga olmasa hammasi yaxshi bo'lgandi. Musobaqadan so'ng uyda bir hafta dam oldim-da, Koreyaga, yangi jamoam ixtiyoriga borib qo'shildim. Birinchi oy qiynaldim. U erning mentaliteti, taomi. Avvaliga ularning hammasi ko'zimga bir xil bo'lib ko'rindi. Keyinchalik o'rganib, odam ajrata boshladim. Jamoamizda braziliyaliklar bo'lardi. Qizig'i, aksar koreyslar portugal tilini biladilar. Keyin bilsam, Janubiy Koreyada yoshlikdan Braziliyaga talim olgani borar ekanlar. Deyarli har bir jamoada Braziliyada o'qib kelgan bolalar bor edi. Lekin natija biroz ko'ngildagidek bo'lmadi. Mavsum davomida 15ta o'yinda durang qayd etibmiz. 10talikka kirishni reja qilgandik, yakunda 12-o'rinni oldik. Murabbiyimiz juda qattiqqo'l edi. Undan tashqari Koreyada bir narsa bor-ki, o'zidan 1 oylik katta kishini ham sizlab gapirishadi va uning aytgani aytgan. Mashg'ulotlarimiz esa maksimal darajada o'tardi. Har bir mashg'ulotda bor kuchingizni ishlatishingiz kerak. Ikkiga bo'linib o'tkaziladigan mashg'ulotlarda yutqazib qo'ysangiz jarimasiga yo yugurtirardi, yo raqib futbolchisini o'zingizga mindirib kross chopishingiz kerak. Xullas juda qiyin edi. Bizning  mashg'ulotlarni ko'rsangiz, hamma piyoda yurganini ko'rasiz.


– O'zidan bir oy katta bo'lgan murabbiyga quloq solish yaxshi. Bizda esa o'zidan ancha yoshi katta murabbiyga quloq solishmaydi.

– Baan murabbiylarning ustidan kulishadi, unga quloq solmaydi. Murabbiylarga ham qoyil qolmayman, jazolash kerak bunday futbolchilarni. Mashg'ulotdan chiqarib yubor, pulidan olib qol. Boshqalarga ham o'rnak bo'lsin. Mashg'ulot o'zi bir soat davom etsa, shunga ham ko'nmaydiganlar bor. Hurmat doimo bo'lishi kerak. Koreyada tarbiya boshqacha, yoshligida quloq solmagan futbolchini xipchin bilan urishadi.


– Keyingi bekat BAA bo'ldi...

– “Ajman” va “SHarja” klubidan taklif bo'ldi. Aziz bilan maslahatlashib “SHarja”ga o'tdim. Ikki jamoa ham kuchlilar safida qolish uchun harakat qilayotgandi. BAAda yuqoridagi  5-6ta jamoani inobatga olmasa qolganida o'ynashdan foyda yo'q. Pasdagi jamoalarda futbolchilarning biri miliciya bo'lsa, ikkinchisi shifokor. Ishdan charchab kelib mashg'ulot o'tkazgisi ham kelmaydi. Bunday muhitda, tabiiyki sen ham shunday holatga tushasan. Yarim mavsumda uchta murabbiyni almashtirdik. Agar bu sharoitda yana ikki yil to'p tepganimda futbolni tashlab yuborgan bo'lardim.  SHunda “Aktobe” varianti chiqdi.


– Avvaliga ular Geynrixni o'z saflariga qo'shib olgandi...

– Aynan uning maslahati bilan u erga bordim. Unga qadar qozoq futboli haqida deyarli axborotga ega emasdim. Bilganim “Qayrat” va bazan Baqoev to'p tepgan klublar haqida axborotga ega bo'lardim. Geynrix birinchi borgani uchun menga qo'ng'iroq qilib, kelaverishim, jamoadagi muhit alo darajadaligini aytdi. Qolaversa shahar hokimi futbol fanati edi. Jamoani tarixigacha yaxshi bilarkan.  Jamoamiz sardori Samad Smakovni barcha hurmat qilardi. Birinchi turdayoq gol urdim, rostan ham yaxshi mavsumni o'tkazdik. Jamoa safiga borib qo'shilganimda 7-o'rinda turgandik. Mavsumni esa uchinchi o'rinda tugatdik.


– Undan keyin Bikmaev ham safingizdan joy oldi.

– Ha, shu yili chempionlikni ham qo'lga kiritdik. Gazzaev kelganidan keyin jamoani o'yini buzilib ketdi. SHundan keyin ketishga majbur bo'ldik. Muxlislar ham juda norozi bo'lishdi. Ikki yarim yillik faoliyatimdan hech nolimayman. Stadion doimo muxlislar bilan to'lib toshardi. Safar o'yinlarida ham minglab aktobeliklar kelishardi.




– Mana hozir “Lokomotiv” azosisiz. Erta-indin futbol bilan xayrlashadigan paytingiz ham kelib qoldi. Endigi vazifa murabbiylik bo'ladimi?

– Rejamga ko'ra shunday. Buning uchun ko'p o'qish kerakligini yaxshi bilaman va bilimlarim bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Bu erda licenziya olib turib, chet elda tajriba oshirib qaytishim kerak. Qolaversa, Janubiy Koreya va Qozog'istonda o'rganganlarim asqotishi aniq.


O'ZBEKISTONGA QAYTISHI VA MURABBIY BO'LISH ISHTIYOQI

– O'zbekistonga qaytishingiz qanday kechdi?

– To'g'risini aytsam, uzoqda to'p tepib charchadim. Oilam bilan doimo birga bo'la olmadim. Farzand tarbiyasi bor. O'zbekistonga qaytganimdan hech afsuslanmayman. Muhimi, oilam oldidaman. Lekin OCHLda ishimiz o'xshamagani yomon bo'ldi. Agar musobaqa mana endi boshlanganida boshqacha bo'lgan bo'lardi.


– To'g'ri, hozir “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf”ning o'yinlari boshqacha, mana endi ritmga chiqib olishdi. 

– Lekin boshqa iloj ham yo'q-da. Buning uchun kuz va bahor tizimiga o'tishi kerak bo'ladi. 


– Murabbiylik mavzusiga qaytsak. Har qanday futbolchi yaxshi pul topadigan darajaga chiqishi uchun kamida 5 yil harakat qiladi, o'rganadi, ishlaydi. Murabbiy ham shunday bo'lishi kerak emasmi, kecha futbolni tugatganlar bugun tezda murabbiy bo'lib olyapti...

– Agar sen haqiqatdan ham kuchli murabbiy qo'l ostida to'p tepgan bo'lsang boshqa. Kim nimani ko'rgan bo'lsa o'shani beradi. Bazan o'zidan qo'shadi. Tabiiyki bunda o'sish bo'lmaydi. To'g'ri, o'zgarishlar bor, lekin ozgina. Agar Evropada kuchli mutaxassislar qo'l ostida to'p tepib kelganingda boshqa gap edi.


– Masalan, siz chet elda o'qib kelarmidingiz? A, B, S licenziyalarini o'zimizda olish ortiqcha ish bo'lmay qoldi...

– Albatta, chet elga borib murabbiylarning ishini ko'rib kelishni istayman. Bu narsa qiyin bo'lmasa kerak?


– Qiyin emas, shunchaki boshlanishiga siz pul olmaysiz xolos, aksincha xarajat qilasiz. Futbolchilik faoliyatida katta pulga o'rgangan kishi 3-4 yil kichik pulga ishlagisi kelmaydi.

– Agar sen rosmana yaxshi murabbiy bo'lishni istasang o'rganishing kerak. Mana Zidanni olaylik, u hamon bosh murabbiylikka davo qilmayapti. O'z nomiga ega bo'lishiga qaramay, “Real”da ikkinchi murabbiy bo'lib ishladi. 


TO'RTTA OSIYO KUBOGI VA 119! 

– Terma jamoada 119ta o'yinda maydonga tushdingiz...

– Statistikaga qiziqmasdim, ammo natijam Mirjalol akanikiga yaqinlashganidan keyin bu haqda ko'p gapirila boshlandi. Terma jamoada to'p tepish bu sharaf. Terma jamoa ro'yxatidan muqim o'rin olding degani, bu mamlakatning eng yaxshilaridan birisan degani. Terma jamoada tanish-bilish bo'lib o'ynay olmaysan. Maydonga tushganingdan keyin sen “palonchi”ning o'g'lisan deyishmaydi. Terma jamoada kim murabbiy bo'lishidan qatiy nazar, murabbiylar nazarida bo'ldim. Bunday faoliyatni barcha istaydi.


– Terma jamoada nima uchun bunday muqim o'ynadim deb o'ylaysiz?

– Ilk marta Agamurodov meni MTJga jalb eta boshlagandi. Men bir o'zim o'yin taqdirini hal qilib qo'ya oladigan o'yinchi emasdim. Mening vazifam umuman boshqa, to'g'ri o'ynash, raqib hujumini bartaraf etish va to'g'ri pas oshirish. Mening futbolga o'z qarashim bor. SHuning uchun bo'lsa kerak barcha jamoalarda asosiy tarkibda maydonga tushganman. Futbolda to'psiz ham harakat qilishni bilish kerak. To'psiz raqib futbolchisini chalg'itish orqali, to'pga egalik qilayotgan jamoadoshingni ishini engillashtirishing mumkin. Afsuski, ko'pchilik buni bilmaydi.


– To'rtta Osiyo Kubogida qatnashdingiz, har safar nimadir etishmay qolardi...

– Omad har doim ham kelavermaydi. Omad doimo bizda bo'lganida biz JCHda g'alaba qozongan bo'lardik. Agar kamchiliklarni bartaraf etmas ekanmiz, faqat omad bilan uzoqqa bora olmaymiz. Janubiy Koreya va Yaponiya nima uchun muvaffaqiyatga erishyapti, sababi ular bu ishlarni to'g'irlab qo'yishgan. 


– 119ta o'yin ko'z ostingizdan o'tsa, nimalarni eslaysiz?

– Osiyo Kuboklarining barchasini. Yoki Anvar Rashidovning mashg'ulotlardagi kuldirishi. Bahrayn bilan bo'lib o'tgan o'yin. Yaqinda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'yindagi hakamlikni olaylik. Agar Koreya yoki Yaponiyani shunday boshqarishsin ostin-ustun ko'tarib yuborishadi. Biz esa jim turdik. Terma jamoamiz Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lishni istasa, garchand g'alaba qozongan bo'lsak-da bunga ko'z yumish kerak emas. Eron bilan Toshkentda bo'lib o'tgan o'yin. Futbolchi va murabbiylar o'zlarining maksimum kuchlaridan kelib chiqib manzilga etib boryaptilar. Biz o'zimizga kiritilgan sarmoyaga mos o'yin qilyapmiz, undan o'tib keta olmaymiz, zaxiramiz yo'q. SHuning uchun bugundan yoshlarga bo'lgan etiborni oshirishimiz kerak, shundagina natija haqida o'ylasak bo'ladi. Bu safar JCHga chiqa olamizmi? Bolalar yomon emas, lekin ularni tashkiliy masalalar bo'yicha to'ydirib qo'yishyapti. Koreya bilan muhim o'yin oldidan ikki kun sarson bo'lib yurganimiz-chi? 


– To'g'ri, bolalar futboliga etibor qaratmagunimizcha natija talab qilish ham noto'g'ri. Oddiy misol MTJda yaxshi saviyadagi 20ta futbolchi yo'q.

– Onda-sonda chiqib qolyapti. Agar bolalar futboliga etiborni oshirsak va ularga sharoit yaratsak har bir hududdan kamida bittadan yaxshi futbolchi chiqadi. Mana “Bunyodkor”dan chiqishni boshladi-ku? Endi har bir jamoada shunday sharoit bo'lsin, har biridan 5tadan futbolchi chiqib tursa, mana keyin ko'rasiz terma jamoaning kuchini. 


– Kelajagimiz haqida nima degan bo'lardingiz?

– Biz yoshlar terma jamoasi safida to'p tepganimizda uzog'i Qirg'izistonga borardik. Bugungi yoshlar esa istagan erlariga borish imkoniyatiga egalar. “Bunyodkor” akademiyasini olaylik, ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan, hammasi joyida. Lekin baribir chet eldan mutaxassis kerak deb o'ylayman. To'g'ri pas berish, to'g'ri ochilishni yoshlikdan o'rgatish kerak. Bizda-chi? Bizda oliy ligaga kelganidan keyin o'rgatamiz. Aslida buni yoshlikdan o'rgatish kerak. CHet elda nima uchun bitta pas bilan tez o'ynashyapti. CHunki ularni yoshlikdan bunga tayyorlashadi. 


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика