KECHA, BUGUN, ERTAGA. Sefer ALIBAEV: O'zbekistonlik futbolchilar kamida Ukraina yoki Rossiyada to'p tepishlari kerak
02 okt 2013 14:31
Yangiliklar
KECHA, BUGUN, ERTAGA. Sefer ALIBAEV: O'zbekistonlik futbolchilar kamida Ukraina yoki Rossiyada to'p tepishlari kerak
Sefer Alibaev 1968 yil 5 mayda Namangan shahrida tavallud topgan.
Ko'p yillar davomida himoyachi ampluasida Namanganning Navbahor jamoasi safida Sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi va birinchi ligasida to'p tepgan. 1985-87 yillar oralig'ida harbiy xizmat vazifasini Samarqandda o'taganligi bois mahalliy Dinamo jamoasi sharafini himoya qilgan. Sobiq Ittifoq chempionati 1991 yildan so'ng tugatilganidan so'ng Alibaev Ukrainaning Tavriya jamoasi safiga borib qo'shiladi. Tavriya Markaziy Osiyodan kelgan futbolchilar evaziga Ukrainaning birinchi chempioni bo'ldi.
1984 va 1987 yillarda Yachenko, Darasele qo'l ostida ikki marta spartakiadada o'ynaganman. Pyatnickiy va Miklyaeev kabi futbolchilar bilan birga to'p tepdim. Faoliyatimning asosiy qismi Navbahorda o'tdi. 1992 yil Paxtakorga taklif qilishdi. SHunda Zayaev degan murabbiy meni Tavriyaga taklif qildi. Tavriyani O'zbekistonda tug'ilgan va shu erda o'ynagan futbolchilar bilan shakllantirayotgani va chempion bo'lishga katta imkon borligini aytgan edi. 1992 yilda Ukrainaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Sergey SHevchenko bir mavsum avval Neftchi sharafini himoya qilgan edi. Tavriya vakillari Farg'onadan Paxtakorga o'tayotganida uni olib ketishgan. Qiziq voqea bo'lgan. SHevchenko Farg'onadan Toshkentga uchib keladi. Uni u erda Tavriya azosi Zayaev kutib oladi. Zayaev o'zini tanishtirib bir soat aeroport kafesida o'tiradi. Samolyot uchib ketmasligi uchun aeroport xizmatchilaridan biriga pul berib, sumkalarning birini almashtirib qo'ygan ekan. Bu bir qancha vaqtni o'z ichiga olgan va bu orada Zayaev SHevchenkoni olib ketishga ko'ndiradi. Aslida Paxtakor mamuri SHevchenkoni kutib olishi kerak edi. Ammo u so'rab-so'rab o'zi etib keladi deb kutib olishga chiqmagan. Mana shunday qiziq holat bilan SHevchenko Ukrainaga uchib ketgan, deydi futbol agenti Alibaev.
- Demak, Tavriyani biznikilar chempion qilgan ekan-da?
- Xuddi shunday bo'lgan. Kelasi yili Kubok finaliga chiqqanmiz.
- O'zbek futboli top klublarga o'tish uchun tramplin bo'lgan?!
- Xuddi shunday. U paytlar klublardan futbolchilar ko'proq edi, hozir esa aksincha.
- Hozir biznikilarga nima etishmayapti?
- Sabr. Yoshlikda qozonilayotgan muvaffaqiyat bilan chegaralanib qolish kerak emas. Agar har bir inson o'z ustida doimiy tarzda ishlasagina maqsadga erishadi. Futbol esa mehnatni sevadigan sport turi. Unga nisbatan shunchaki pul olib keluvchi manba sifatida qarash ham noto'g'ri. Ayniqsa ota-onalar masuliyatni his qilishlari lozim. 20 yoshga to'lmay mashina yoki uy istab qolishadi. Bu sekin-sekin keladigan narsa. Masalan, mening o'z uslubim bor. Mijozim 18 yoshgacha 500 AQSH dollaridan ko'p maosh olmaydi. Klub tomonidan ajratiladigan summani asosi oila azosining bankda ochgan hisob raqamiga tushadi bola uchun faqat 500 qoladi. Bu yoshda pul bilan chalg'ish kerak emas. Men mijozimni avvalo shaxs sifatida tarbiyalashni maqul ko'raman. Balog'at yoshiga etganidan keyin marhamat, halol topgan pulini ishlataversin. Agar inson o'z ustida yaxshi ishlasa, pul uning ketidan quvadi, pulni ketidan quvish kerak emas. Buning uchun har bir futbolchi o'z miyasini shu tarzda dasturlashi kerak. Afsuski, hamma-ham atrofidagilar xatosidan kerakli xulosa chiqarmaydi. O'sha xatoni takrorlayotganini bilib turib ham, menda unday bo'lmaydi deydi. Yakunda esa bari-bir shunday bo'ladi. 3ta emas 2ta shim kiy. Mening bitta mijozim birinchi maoshiga ota-onamni sayohatga yuborishini aytdi. Futbolchiga faqat mijoz sifatida emas farzand sifatida qarayman. Hatto-ki mashina xarid qilishni mendan so'rashadi.
- Bu sizning katta yutug'ingiz bo'lsa kerak. Pishur ham kelganida 90 foiz agentlar faqat o'z manfaati yo'lida faoliyat olib borishlarini aytdi.
- CHunki mana shu 90 foiz agent futbolchi bo'lmaganlar. Futbolni yaxshi tushunish yaxshi agentdek emas, futbolni futbolchi sifatida tushunish kerak. Pul nima, issiq havoda o'ynash, uni taktikasi qanday bo'ladi, 5 oylab maosh olmaslik nima bo'ladi. Buni faqat futbolchigina his qila oladi. Pishur Bunyodkorga o'tganidan keyin hammadan ham ko'ra men ko'proq xavotirga tushdim. O'ynab keta oladimi yoki yo'q. Qosimov bilan yoshlikdan do'st bo'lganim menga yuklatilgan masuliyatni ikki hissa oshirgan edi. O'zbekistonga yuborgan birinchi mijozim ishonchi oqlamasa men uchun ham minus bo'lar edi. Yaxshi ham-ki, Aleksandrning ishlari bu erda yurishib ketdi. Lekin meni bir odatim bor, u nechta gol urganligini ham bilmayman. Hisoblasam barakasi uchadi (kuladi). Keyin men uchun futbolchining sog'lig'i o'ta muhim sanaladi. Yaqinda Maks (SHackix) CHernomorec sardori sifatida jamoasini maydonga boshlab tushdi, raqibning sardori ham mijozim. SHunda atrofdagilar kimga muxlislik qilishimni so'rashdi. Men esa kim g'alaba qozonishidan qatiy nazar, futbolchilar maydondan sog' chiqib ketishlarini istashimni aytdim. Qosimov 2 yildan beri mendan futbolchi so'rar edi. U bilan do'st bo'lganim uchun boshida ko'nmadim. CHunki uning oldida uyalib qolishni istamasdim.
- Ukrainada agentlar o'rtasidagi raqobat katta bo'lsa kerak. Siz necha nafar futbolchining huquqini himoya qilasiz?
- Uzog'i 15 nafar. Men uchun sondan ko'ra sifat muhim. SHulardan 6 nafari o'z jamoalarining sardorlari hisoblanadilar. Bilasiz, FIFA agentlari bir mijoz bilan 2 yildan uzoq bo'lmagan shartnomaga ega bo'lishlari mumkin. Bazan futbolchilarimga boshqa agentlar qo'ng'iroq qilib o'zlariga og'dirishga harakat qiladilar. Faoliyatim davomida mendan ketgan futbolchilar ham bo'lgan, ammo ularning soni juda kam. Mijozlar sonini ko'paytirib xizmatim sifatini tushirib yuborish orqali nom qozonishni istamayman. Ular menga o'z do'sti yoki otalaridek munosabatda bo'layotgan ekanlar, men ham ularga ukam yoki farzandim sifatida qarayman. Boshqa agentlar mijozimga qo'ng'iroq qilsa, menga aytishadi. Men esa ularga, demak siz yaxshi o'ynayapsiz-ki, sizlarni o'ziga og'dirmoqchilar, agar yaxshi o'ynamasangiz kim sizga qo'ng'iroq qiladi deyman. Keyin men yoshga ahamiyat bermayman. Oleg SHilaev degan mijozim bor. 33 yoshida Dneprdan ketgan va Metallist (Xarkov) bilan shartnoma imzoladi. Bu yoshda Metallist bilan shartnoma imzolash juda murakkab. U bilan futbol o'ynaganlar allaqachon faoliyatni tugatib yubordilar. Hatto-ki, uning faoliyatini tugatishni kutib jamoasini oshirishni rejalashtirib yurgan rahbarlar ko'p. CHunki SHilaev o'z ustida professional ishlaydi, u haqda maqol ham bor Futbolchi kechki mashg'ulotga kelayotganida, SHilaev tushkisidan qaytayotgan bo'ladi.
- SHackix bilan qanday tanishgansiz?
- 2008 yildan beri u bilan birga ishlab kelyapman. Uning akasi Oleg bilan yoshlikdan do'stman. Oleg O'zbekistonning eng kuchli hujumchisi bo'lgan. Afsuski, u erta futbol bilan xayrlashdi. Men buni Maksning o'ziga ham aytganman. Maks shunday o'yinchiki, paytini kutadi yoki olis masofadan qattiq zarba bilan muvaffaqiyat qozonadi. Oleg esa to'pni qabul qilishi bilan katta tezlikda jarima maydonchasi ichiga kirib borardi. SHackixlar oilasi haqida faqat iliq fikr bildirishim mumkin. Aka-uka juda inoq va bir-birini qattiq hurmat qiladi. Maksning yutug'i nimada? Kitob o'qishida! Bir kuni men unga golf to'g'risida kitob sovg'a qildim. U esa avvaliga o'qishni istamadi, bu mening didimdagi kitob emas dedi. Keyin esa menga kelib yana shunday uslubda yozilgan kitob bormi deb so'radi. U erda sportchining psixologiyasi, g'alaba va mag'lubiyatda o'zini qanday tutishi va musobaqalarga ruhan tayyorlanishi haqida juda ko'p maslahatlar berilgan edi. Bu kitobdan yana 15tasini oldimda hamma mijozimga bittadan berib chiqdim. SHackixga kelsak, u Dinamo Kiev bilan juda katta yutuqlarga erishdi. O'zbekiston - Turkiya o'yinida uning xayrlashuv uchrashuvini tashkil qilishni rejalashtirayotgandik.
- SHu mavzuga oid taklif. Endi SHackix MTJ tarkibiga chaqiriladimi-yo'qmi bilmayman. Ammo chet elda bo'lgani kabi SHackixning do'stlari Geynrixning do'stlariga qarshi shou-uchrashuvini tashkil qilsak va bunda Siz ham ishtirok etsangiz?
- Zo'r bo'lardi. Geynrix haqida gap ochib qoldingiz. Men Qosimovga uni Iordaniya bilan o'yinga olmasdan xato qilganini aytdim. Dinamo (Kiev) bilan o'yinini ko'rdim, Geynrix juda yaxshi harakat qildi. SHunda Mirjalol uni kengaytirilgan tarkibdan o'rin olganini aytdi.
- Kubok finalini ko'rdingiz. Tashkilotchilik borasida nima deysiz, zerikib ketmadingizmi?
- Menimcha finalni chempionat yakunida o'tkazish kerak. SHunda unga bo'lgan qiziqish saqlanib qoladi. Undan tashqari boshqa viloyatlarda ham o'tkazish lozim. Yoki yuqoridagi fikringiz, do'stlar o'rtasidagi shou uchrashuvni Namanganda o'tkazsak. U erda ham yaqin kunlarda yangi stadion qurib bitkaziladi.
- CHiptalar sotuvidan tushgan pul xayriya fondiga o'tkazilsa...
- Bundan yaxshi g'oya bo'lmasdi.
Davomi bor...

Fikrlar