So’nggi yangiliklar

08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  105 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0

KECHA, BUGUN, ERTAGA. Championat.ASIA mehmoni – Oleksandr Pishur (II qism) Yangiliklar

KECHA, BUGUN, ERTAGA. Championat.ASIA mehmoni – Oleksandr Pishur (II qism)

Oleksandr Pishur ishtirokidagi intervyuning dastlabki qismini taqdim etgandik.
Birinchi qism. Navbat ikkinchi qismga.

- Keyin Tavriyada to'p tepdingiz. Statistikangizga nazar tashlasam, eng kam o'yiningizni shu klubda o'tkazgan ekansiz?
- Tavriya faoliyatimdagi eng katta hato. Avvaliga mavsumni Volinda boshlagan edim. U erda miyyamni aynitishdi va men Tavriyaga ketdim. U erda esa zaxirada qoldim.

- Keyin Obolonga bordingiz. U erda esa jamoa moliyaviy muammoga duch keldi. Umuman so'nggi yillarda Ukrainada ko'plab klublar bilan bunday muammoni kuzatyapmiz...
- O'sha yil birinchi ligadan Stal kuchlilar safiga chiqdi. Ammo moliyaviy holatining yaxshi emasligi sabab yana quyi ligada ishtirok etadigan bo'ldi. Obolon chakki jamoa emas edi. Moddiy texnika bazasi Ukrainadagi eng yaxshilaridan biri hisoblanar edi. Rahbarlar kelisha olishmaganliklari uchun shunday muammolar yuzaga kelgan edi. Hozir Ukrainada puli bor jamoalar kuchlilar safida harakat qilishyapti.

- Metallist uzoq yillar davom etgan SHaxtyor va Dinamo monopoliyasiga barham berdi. Mana endi Dnepr qo'shilyapti. Rossiya va Ukraina o'rtasidagi farq?
- Rossiyada barcha jamoalar moliyaviy jihatdan ancha baqquvatlar. U erda bir nechta jamoalar chempionlik uchun kurash olib boradilar. Bizda esa Metallistga mahalliy rahbarlar orasida etibor ortdi. Jamoa yaxshi murabbiyga ega va tarkib ancha yillardan beri o'zgarmaydi. O'tgan yili Dinamoda revolyuciya yuz berdi. Metallist esa bundan unumli foydalanib qoldi. Dnepr avvaldan yaxshi jamoa. Nima uchundir so'nggi lahzalarda ularga nimadir etmay qoladi. Doimiy tarzda birinchi davrani yuqori kayfiyatda o'tkazib, yakunda ochkolarni boy berib qo'yadilar. Hozir CHernomorecning ham ishlari yaxshi bo'lib qolgan. Hech kim jamoani Evroligaga chiqadi deb o'ylamagan edi.

- Darhaqiqat, Metallist bunga osonlikcha erishmadi. Bu jamoani 3 yildan beri Turkiya yig'ini chog'ida kuzataman. Hamma jamoa 1ta avtobusda yursa, Metallist 2ta avtobusga to'la futbolchi va xodimlar bilan yig'in o'tkazadi...
- 4 nafar massajchi, psixolog, maslahatchi, yana men bilmagan bir necha soha vakillari. Undan tashqari Metallistni bazasi va bolalar futboliga yaratgan sharoiti alo darajada.

- CHempionatimiz saviyasi qanday degan savolni bermaymiz. Buni o'zimiz yaxshi bilamiz. SHunday bo'lsada, o'yinlarimiz haqida qanday fikr bildira olasiz?
- Bunyodkorga qarshi aksar jamoalar so'nggi o'yin sifatida maydonga chiqadilar. Bizga qarshi o'ynagan barcha jamoalar Bunyodkorni to'xtatishga harakat qilishadi. So'g'diyona bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda raqib himoyachisi maydondan chetlatilganidan keyin biz ko'plab gol urishga erishdik. Birinchi turda raqibimiz chempionatga tayyor emas edilar. Biz esa OCHLda o'z o'yinimizni boshlab yuborgan edik.

- Istagan jamoa kuchli jamoaga qarshi bitta o'yin uchun tayyorlana oladi. OCHLda Tailand jamoasi buni yana bir bor isbotladi. Aslida ular Bunyodkordan kuchli emas edi. Faoliyatingizda shunday o'yinlar bo'lganmi?

- Ha. Slovakiyada Slovan ustidan g'alaba qozonganmiz. Ukrainada esa Dinamo yoki SHaxtyor jamoalari bilan durang o'ynar edik.

- Siz uchun SHevchenko kim-u, SHackix kim? SHackix Dinamoda SHevchenkoni ishini davom ettira oldi…
- Sobiq ittifoqdan keyin Andrey SHevchenko MDHning eng yaxshi hujumchisi deb bilaman. SHevchenko Ukraina futbolining afsonasi! SHackixni yaxshi bilaman. Hozir ham Ukrainada to'p tepyapti. Unga qarshi bir necha marotaba o'ynaganman. Mehnatdan qochmaydinga futbolchi.


Pishur bilan bo'lib o'tgan jonli suhbatimizni yoqimli ananamiz bilan yakunladik. Sayt ijodkorlari bilan esdalik uchun suratga tushgan futbolchi, o'z faoliyatidan kelib chiqib do'stlar tarkibini tuzib berdi.


Darvozabon: Vitaliy Postranskiy Volin
Himoyachilar: Andrey Grichenko (Volin), Oleg Ptachik, Roman Kirenkin (ikkisi Dnepr Belorrusiya), Sergey Siminin (Volin va Zarya)
Yarim himoyachilar: Igor Skoba (Volin), Valentin Platonov, Nikita Kamenyuka, Andrey Vorobey (Zarya),
Hujumchilar: Oleksandr Pishur, Vitaliy Nedelko (Volin)


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi

Ertaga ushbu intervyuning videosini tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика