Kazemiro “Manchester Yunayted”ga o'tganidan afsusda. Klub uning o'rniga 19 yoshli Neveshni sotib olmoqchi
24 okt 2023 09:43
Yangiliklar
Kazemiro “Manchester Yunayted”ga o'tganidan afsusda. Klub uning o'rniga 19 yoshli Neveshni sotib olmoqchi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro bu jamoaga o'tish qarorini xato deb hisoblamoqda, deb xabar beradi "El Nacional".
Manbaga ko'ra, klub braziliyalikning o'yinlaridan norozi, futbolchining o'zi ham “Real”ni tark etib, maydonda ham, undan tashqarida ham beqaror bo'lgan jamoaga qo'shilganidan afsusda.
Qayd etilishicha, “qizil iblislar” rahbariyati Kazemironing o'rniga “Benfika”ning 19 yoshli futbolchisi Joau Nevesni qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Muzokaralar allaqachon boshlangan, portugaliyaliklar o'z futbolchisi uchun kamida 70 million evro olmoqchi.
31 yoshli Kazemiro 2022 yilning yozida “Real”dan “Manchester Yunayted”ga o'tgan edi. APLda braziliyalik yarim himoyachi 28 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar imzolangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar