Kazemiro: "Anchelotti MYUga o'tayotganimni bilib, yig'lab yuborgandi"
20 apr 01:40
Yangiliklar
Kazemiro: "Anchelotti MYUga o'tayotganimni bilib, yig'lab yuborgandi"
"Real Madrid" klubi sobiq futbolchisi Kazemiro jamoadan ketayotganida Karlo Anchelottining yig'lab yuborgani haqida gapirdi.
"Bu haqda hech kimga aytmagandim. MYUga o'tishga faqat bir marta ikkilangandim.
Eslayman, "Manchester Yunayted"ga o'tishim hal bo'lgan, faqat imzo qo'ysam bo'ldi edi.
Men Karlo Anchelotti bilan gaplashib olishim kerak edi. Uning xonasiga kirdim. Karlo hammasidan xabar topgan ekan. Eshikni ochib, unga qarasam, Anchelotti yig'layotgan edi. Men unga shunday dedim: "Yig'lashing mumkin emas. Istalgan inson yig'lashi mumkin, ammo sen emas.
U menga shunday dedi: "Kaz, bilmadim, nega yig'layapman, ammo seni juda yaxshi ko'raman va ketishingni istamayman".
Men shu voqeadan so'ng, faqat bir marta MYUga o'tish qarorimdan shubhalanib qoldim.
"Real"da meni yaxshi ko'rishlarini bilardim. Biroq, so'z berib qo'ygandim. Men uchun bergan so'zim barchasidan muhimroq", -deydi Kazemiro.
Fikrlar