Kayl Uoker: "Bu durang biz uchun og'ir zarba bo'ldi"
19 fev 2023 13:30
Yangiliklar
Kayl Uoker: "Bu durang biz uchun og'ir zarba bo'ldi"
"Manchester Siti" futbolchisi Kayl Uoker APLning 24-turi doirasidagi "Nottingem Forest" bilan o'ynalgan durang haqida gapirdi.
"2 ochko yo'qotdik. Raqib darvozasi oldida ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, ulardan gol urish kerak edi. Biroq hech kimni ayblamayman. Hujumchining omadi kelmayaptimi, demak, biz himoyachilar ortda turib berib, 3 ochkoni olib berishimiz kerak edi.
CHorshanba kuni "Arsenal" maydonida og'ir o'yin o'tkazdik, bugungi durang esa og'ir zarba bo'ldi. Bu erga kelib, 2 ochko yo'qotish - ishlarning ideal emasligidan dalolat. Umil qilamanki, hali bizning foydamizga ham bir qancha burilishlar bo'ladi va APLni yutamiz", - dedi himoyachi.
Ayni damda "Manchester Siti" zaxirada bir o'yini bor peshqadam "Arsenal"dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar