So’nggi yangiliklar

18:18"Андижон" Ўзбекистон U-21 терма жамоасини мағлуб этди  0 17:54"Пахтакор" "Риу Аве", "Ризеспор" ва "Кайсериспор" билан деярли бир қаторда — IFFHS  1 17:28Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!  21 17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  7 16:38U-23 Осиё Кубоги стадионлари  1 16:15Бир қоп картошка, сабзи, тухум ва 5 гб интернет  2 15:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  8 15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  2 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  18 13:27Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр  7 13:00"Қўқон-1912" икки асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  1 12:40Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда  28

Kaxi Maxaradze: "Jamoa bilan navbatdagi g'alabalar sari kurashishda davom etaman" Yangiliklar

Kaxi Maxaradze: "Jamoa bilan navbatdagi g'alabalar sari kurashishda davom etaman"

"Paxtakor"ning 10-oltin medallarni qo'lga kiritishiga munosib hissa qo'shganlardan biri, Kaxi Maxaradze mavsum haqida savollarimizga javob qaytardi.
- Mavsum qanday o'tdi? CHempionlikka erishish qanchalik qiyin kechdi?
- CHempionat oson kechgani yo'q, albatta. Lekin g'alabani nishonlagan paytda barcha qiyinchiliklar unutilib ketadi. Bu juda ham ajoyibdir. Jamoamizning ajoyib yutug'i bilan birinchi navbatda sodiq ishqibozlarimizni tabriklagan bo'lardim. Mavsumga jiddiy hozirlik ko'rgandik. Yil davomida ozgina xotirjam bo'lishga ham vaqt bo'lmadi. Bir uchrashuvdan keyin puxtalik bilan navbatdagi bellashuvga hozirlik ko'rishni boshladik. O'zimizni bo'shashtirib yubormadik. Har kuni butun jamoa bilan shug'ullandik. Bu esa bizni yanada kuchli qildi. Jamoadagi muhit ham ajoyib deb aytgan bo'lardim. Bazida ushbu jihat kuchimizga bo'lgan ishonchni ko'paytirdi.

- O'tgan yilning oxirida bosh murabbiylik vazifasi bekor qilinib, uning vakolati menejerga o'tdi. Samvel Babayan menejerligiga qanday baho berasiz? Jamoada nimalar o'zgardi?
- Ko'p narsalar o'zgardi. Mashg'ulotlar o'tkazish, jamoaning o'yinlarga tayyorlanishi va jamoada futbolchilarning o'zini tutishida bu yaqqol sezildi. O'zaro munosabat birinchi o'ringa chiqdi. U bizga nisbatan juda yaxshi muomalada bo'ldi. Biz esa bunga javoban butun jamoa bilan yaxshi mehnat qildik va chempionlikka erishdik. “Paxtakor” oltin medallarni qo'lga kiritishga haqli edi, menejer sifatida Samvel Babayan ham. Bu birgalikda amalga oshirilgan ishlarning samarasi deb aytishim mumkin. O'tgan yildan boshlab barchamiz omadsiz mavsumdan keyin muvaffaqiyat uchun harakat qildik. Intilishimiz qanday samara berganini joriy chempionat yakunida ko'rib oldik.

- Mavsum mobaynida birorta mag'lubiyatga uchramasdan chempion bo'lish mumkinligini tasavvur qilganmidingiz?

- To'g'risini aytsam, mavsum boshida bir marta mag'lubiyatga uchrashimiz mumkin deb o'ylagandim. Ikkinchi davra boshida esa yutqazmasligimizni ko'nglim sezgandi. Biz barchadan ko'p ochko to'plab, maksimal ko'rsatkichga yaqin natija ko'rsatganimiz “Paxtakor”ning boshqalardan kuchliroq ekanligini isbotlaydi. Biz g'alaba qozonishni eng ko'p xohlagandik. Har bir faqat g'alaba uchun maydonga chiqdik va jamoa bilan buni uddaladik.

- Maydonda haqiqiy sardor va etakchiga aylanib borayotganingiz ko'zga tashlanyapti. “Paxtakor”ga kelgandan buyon qanchalik o'zgardingiz?
- Etirof uchun rahmat. Bu jamoada butunlay o'zgardim deyishim mumkin. Yoshim ulg'ayib bormoqda, shuningdek, aynan nimani xohlashimni ko'proq his qilib boryapman.

- Keyingi yil “Paxtakor” Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etadi. Bu musobaqada ijobiy natija ko'rsatish uchun imkoniyatni qanday baholaysiz?
- Men oldindan gapirish va taxminlar qilishni yoqtirmayman. Faqat aytishim mumkinki, “Paxtakor” 100 foiz kuchini ishga soladi, g'alaba uchun maydonga chiqadi. Qolganini esa Xudo biladi.

- Muxlislar Maxaradzening “Paxtakor”da qolishi haqida qiziqishmoqda.
- Men uchun qayg'urayotgan barchaga rahmat. Ishqibozlarga aytishim kerakki, 2015 yilgi mavsumni “Paxtakor”da boshlayman. Jamoa bilan birga navbatdagi g'alabalar sari kurashishda davom etaman.


Kaxi MAXARADZE

Tug'ilgan sanasi: 20.10.1987
Tug'ilgan joyi: Batumi, Gruziya
O'ynagan jamoalari:
“Dinamo” Tbilisi 2004-07 (29 o'yin, 1 gol)
“CHixura” 2006-07 (7 o'yin)
“Dinamo” Batumi 2007-08 (20 o'yin, 1 gol)
“Lokomotiv” Tbilisi 2008-09 (27 o'yin, 3 gol)
“Lokomotiv” Toshkent 2009-10 (19 o'yin)
“Paxtakor”da 2011 yildan buyon (98 o'yin, 21 gol).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика