So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Kaxi Maxaradze: "O'zbekistondan hali ketmayman" Yangiliklar

Kaxi Maxaradze: "O'zbekistondan hali ketmayman"

Uzoq yillardan beri yurtimizda to'p tepib kelayotgan gruziyalik futbolchi Kaxi Maxaradze avvalgi turda "Lokomotiv" safida 150-uchrashuvini o'tkazgan va bu borada klub tomonidan munosib taqdirlangan edi.

"Temiryo'lchilar" 9-turda "Andijon" jamoasi ustidan g'alaba qozonishdi. SHundan keyin Maxaradze bilan yubiley uchrashuvi haqida suhbatlashdik.

- Kaxi, avvalo, "Andijon" jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda qo'lga kiritilgan g'alaba haqida fikringizni bildirib o'tsangiz.

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Dastlabki daqiqalarda biroz qiyin bo'ldi. Qolaversa, hisobni mehmonlar ochishdi. SHunga qaramay, irodamizni namoyish etgan holda g'alaba qozonishni uddasidan chiqdik. 

- O'yinlar soni bo'yicha "Lokomotiv" tarkibida 150 talik dovondan o'tdingiz. Bu siz uchun nimani anglatadi?

- Albatta, bu mening omadim. "Lokomotiv" jamoasida 150 ta uchrashuvda maydonga tushish men uchun sharaf. Bundan, albatta, xursandman. O'yinlarimni etibordan chetda qoldirishmagani uchun jamoadagilarga rahmat aytaman.

- O'z mamlakatingizda ham mana shunday ko'rsatkich qayd etganmisiz?

- Yo'q, Gruziyadagi faoliyatim buncha davom etmagan. Ammo, "Paxtakor" uchun 160 dan ortiq o'yin o'tkazganman.

- "Lokomotiv" safidagi 150 ta uchrashuv orasida siz uchun esda qolarli o'yinlar qay biri?

- "Temiryo'lchilar" tarkibida g'alaba qozongan o'yinlarimizning barchasi men uchun eng yaxshisi va yodda qolarlisidir. 

- O'z oldiga chempionlikni maqsad qilgan "Lokomotiv2 bu mavsumda doim ham barqaror o'yin namoyish etishi qiyin bo'lmoqda. Bu borada nima deysiz?

- Jamoaga yangi murabbiy keldi, tarkibda o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Yangi murabbiyning falsafasiga moslashish uchun baribir vaqt kerak bo'ladi. Umid qilamanki, hali hammasi yaxshi bo'ladi. 

- O'zbekistonda to'p tepishni boshlaganingizga 10 yildan oshdi. Bu mavsum oxirgisi bo'lmasa kerak?

- SHunday bo'lishiga umid qilaman. O'zbekistonda "Lokomotiv", "Paxtakor" va "So'g'diyona" jamoalarida o'ynadim. Hali ketish haqida o'ylamayapman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика