So’nggi yangiliklar

11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  1 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  3 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  0 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  4 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  10 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  1 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  2 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  6 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  3 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2

Kaxi Maxaradze: “Birinchi davrani g'alaba bilan yakunlashga harakat qilamiz” Yangiliklar

Kaxi Maxaradze: “Birinchi davrani g'alaba bilan yakunlashga harakat qilamiz”

SHu kunlarda dunyo futbol keng jamoatchiligining diqqat etibori Braziliya yashil maydonlarida davom etayotgan JCH-2014 bahslariga qaratilgan.
Bugun chorak finalning yana ikki uchrashuvi o'tkazilib, yarim finalning so'nggi ishtirokchilari nomi malum bo'ladi. SHuningdek, birozdan so'ng oliy liganing birinchi davrasidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv ham o'tkaziladi. Unda “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Endi jahon chempionatining muhim o'yinlari o'tkazilayotgan bir paytda o'zimizning PFLga ham farqi yo'q. Butun dunyoda mundial sabab o'yinlar to'xtagan, lekin bizda emas. Bilmadim, bizning PFLdagilar jahon futboliga qiziqishmaydimi? Har holda yarim final kuniga o'yin qo'yishmasdi, deymanda. Ha mayli, yaxshi bo'lib qolar. Biz bugungi o'yinlar oldidan “Paxtakor” sardori Kaxi Maxaradzening fikrlari bilan qiziqdik.

- Hozir bor etiborimiz bugungi derbidagi o'yinga qaratilgan, - deya so'z boshladi Kaxi. – Keyin JCH-2014ning yarim final uchrashuvlari haqida o'ylasak bo'ladi. Maqsadimiz – birinchi davrani ko'tarkin kayfiyatda, g'alaba bilan yakunlab olish.

- Mundialda qaysi jamoalarga muxlislik qilyapsiz?

- Italiyaga muxlislik qilayotgandim. Afsuski, Skuadro Adzurro kurashdan juda ham erta chiqib ketdi.

- Lekin hali mundial yakunlanmadi. Balki boshqa bir jamoa o'yiniga muxlislik qilayotgandirsiz?

- Braziliya terma jamoasi o'yiniga befarq emasman. Kecha ular qiyinchilik bilan Kolumbiyani mag'lub etishdi. Neymarning jarohat olgani yaxshi bo'lmadi.

- Bu chempionat mezbonlari uchun katta yo'qotishmi?

- Ha, u jamoa to'purari edi. U maydonda bo'lganida raqib himoyachilari katta bosim ostida qolishadi. Lekin Braziliya tarkibida tajribali hujumchilar etarli.

- Bugungi o'yinlardan nimalarni kutyapsiz?

- “Syurprizlar” bo'lmasa kerak, deb o'ylayman. Gollandiya va Argentina g'alaba qozonib, yarim finalga yo'llanma oladi.

- Bugungi o'yinlarda qayd etiladigan natijalarni taxmin qilib ko'ringchi.   

- Argentina – Belgiya 2:1, Gollandiya – Kosta-Rika 3:0.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика