Kavanining transferi "Atletiko" uchun 80 million evroga tushadi
24 jan 2020 16:36
Yangiliklar


Kavanining transferi "Atletiko" uchun 80 million evroga tushadi
PSJ hujumchisi Edinson Kavani Madridning "Atletiko" klubiga o'tishga yaqin.
"Matraschilar" rahbariyati Parij grandi so'rayotgan pulni to'lashga tayyor va 32 yoshli urugvaylik futbolchi yangi klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaydi.
Qiziq jihati shundaki, Kavani "Atletiko" uchun 80 million evroga tushadi. Bu PSJga to'lanadigan pul va forvardning shartnomasida ko'rsatilgan barcha maoshlarni o'z ichiga oladi.
Qayd etish kerakki, Kavanining transferida Diego Simeonening o'rni katta, sababi u "Atletiko" xo'jayinini bu transferga undagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar