Kavani va Teves bir jamoada o'ynashlari mumkin
24 mar 2020 13:50
Yangiliklar
Kavani va Teves bir jamoada o'ynashlari mumkin
"Boka Xuniors" PSJ forvardi Edinson Kavani uchun kurashga qo'shildi.
33 yoshli urugvaylik futbolchi mavsum yakunlangandan so'ng erkin agentga aylanishi aniq bo'lib ulgurgan.
Buenos-Ayres klubida hozirda hujumchi Karlos Teves va yarim himoyachi Mauro Saratelar harakat qilmoqda.
Oldinroq, Kavaniga "Inter Mayami" va "Atletiko" klublari raqobat qilayotgan edi. Edinsonning o'zi "Atletiko"da o'ynashni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.
"El Matador" joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar