Kavani nima sababdan “Yuventus” va “Inter”ga o'tmaganini malum qildi
11 dek 2020 09:48
Yangiliklar


Kavani nima sababdan “Yuventus” va “Inter”ga o'tmaganini malum qildi
“Manchester Yunayted” hujumchisi faoliyatini yana Italiyada davom ettirish imkoniyatga ega bo'lgani haqida gapirdi.
“Har doim “Napoli” muxlislaridan minnatdorman. SHu boisdan ham Italiya klublaridan, jumladan, “Yuventus” va “Inter” jamoalari takliflariga ham rad javobini berdim. “Napoli” haqida o'ylaganimda, juda ko'p yaxshi xotiralarni eslayman. Men Neapolda juda yaxshi o'ynaganman. Muxlislar klubdan ketganimdan so'ng ham meni yaxshi ko'rishda davom etdi”, — deydi Kavani.
Malumot uchun, Kavani 2010-2013 yillarda “Napoli”da to'p tepgan. U ushbu jamoa safida 138 ta o'yinda 104 ta gol urgan. SHundan so'ng PSJga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar