Kavani MYUdan ketishga qaror qildi, u mavsum so'ngida klubni tark etadi
09 mar 2021 08:15
Yangiliklar


Kavani MYUdan ketishga qaror qildi, u mavsum so'ngida klubni tark etadi
"Manchester Yunayted" forvardi Edinson Kavani mavsum yakunlangandan so'ng Angliya klubidan ketadi.
Jurnalist Manuel Olivarining twitter'da xabar berishicha, urugvaylik futbolchi Janubiy Amerikaga qaytishga qaror qilgan. Kavanining maqsadi "Boka Xuniors" bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Edinson maoshini kamaytirishi kerakligini biladi, muzokaralar tez orada boshlanadi.
34 yoshli Kavani joriy mavsum MYU safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Edinsonning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar