Kavani: "Manchester Yunayted" tarixiga kirganimdan g'ururlanaman"
06 okt 2020 02:20
Yangiliklar


Kavani: "Manchester Yunayted" tarixiga kirganimdan g'ururlanaman"
"Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi Edinson Kavani yangi klubidagi ilk fikrlari bilan o'rtoqlashdi
"Manchester Yunayted" - dunyoning eng buyuk klublaridan biri. Bu erda bo'lib, klubning tarixiga kirganimdan g'ururlanaman. Bo'sh vaqtimda juda ko'p meg'nat qildim, endi esa ajoyib klubda, top-futbolchilar bilan raqobatda bo'lishni istayman.
Faoliyatim davomida ajoyib muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ostida o'ynadim, Manchesterda ham shunday bo'ladi. "Old Trafford"da mezbon bo'lib o'ynashni juda intizorlik bilan kutyapman.
Futbol kitobidagi kichik tarixni yozish arafasidamiz, demak, bu tarixni keyinchalik yaxshi xotiralar bilan eslashlari uchun chin dildan jamoa uchun ter to'kaman. Bosh murabbiy bilan barchasini gaplashib oldim. Egnimdagi libos va logotip esa ishtiyoqni oshirmoqda", - dedi Kavani.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar