Katta maosh va grand jamoaga o'tgandan ko'ra, o'ynashni istayotgan futbolchi
05 iyu 2016 00:05
Yangiliklar
Katta maosh va grand jamoaga o'tgandan ko'ra, o'ynashni istayotgan futbolchi
Germaniyaning "Darmshtadt" jamoasi hujumchisi Sandro Vagner "Bavariya"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.
- Menga "Bavariya" tomonidan bo'layotgan qiziqish haqida o'qidim. Lekin shaxsan menga aniq taklif kelib tushgani yo'q. Lekin men katta maosh evaziga kimgadir zaxira futbolchisi bo'lishni istamayman. Undan ko'ra, men uchun qiziqarliroq takliflarni ko'rib chiqaman. Angliyaga yo'l olaman yoki bundesligada qolaman. Men uchun muhimi o'yin amaliyotiga bo'lish. Zaxirada o'tirib vaqt o'tkazishni yoqtirmayman.
Fikrlar