So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  146 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  13 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Katanec uchun jiddiy sinov yoxud O'monni nima uchun yutishimiz shart? (tahlil) Yangiliklar

Katanec uchun jiddiy sinov yoxud O'monni nima uchun yutishimiz shart? (tahlil)

Aftidan barchaning hayolida O'mon bilan uchrashuv shunchaki o'rtoqlik maqomida o'tadi-ketadi.

Bu tashqaridan berilayotgan oddiy bir baho. Lekin bugungi uchrashuv amalda keyingi taqdirimizni belgilab berishi, ayrim jihatlarga aniqlik kiritishi kerak. 

SHomurodovsiz O'zbekiston yoxud Katanecda "B" rejasi bormi?

Bugun terma jamoamizning so'nggi 5 yillikdagi muhim figurasi va almashtirib bo'lmasa o'yinchisiga aylangan Eldor SHomurodov O'zbekistonga yordam bera olmaydi. Qoidaga ko'ra FIFA kunlari 12 iyun sanasidan boshlanadi va bungacha bo'lgan vaqt oralig'ida yani bugun "Speciya" A Seriyada qolish uchun "Verona" bilan o'ynaydi. Saytimiz orqali avval ham Katanec SHomurodovsiz qanday yo'l tutishi, agarda diskvalifikaciya, jarohatlar bo'lgan taqdirda uning o'rnini qanday to'ldirishi borasida chiqish qilganmiz. Statistikaga etibor beramiz, Eldor so'nggi bor terma jamoa libosida 2021 yil fevral oyida maydonga tushmagan. Keyingi ikki yilda O'zbekistonning barcha 20ta o'yinida o'ynagan, 14ta gol urgan. Ayniqsa bu ko'rsatkich Katanec kelganidan so'ng asosiy planga chiqdi. Endi janob murabbiyda zaxira rejasi bormi? Bugun unda Bobur Abdixoliqovdan boshqa variant yo'q. Jasur Yaxshiboevni ham yaqqol hujumchi, deya olmaymiz. Ichki chempionatimizda forvardlar global muammoga aylanib bo'lgan (To'purarlar jadvalida bari legionerlar). Mashg'ulotlar jarayonida bu ishlandimikin? Osiyo kubogida peshona devorga tekkanda kech bo'lmasdan bu jihatlarni inobatga olish shart. Futbolda hech kim hech narsadan kafolatlanmagan. 

Jahon chempionati saralashiga tasiri haqida

Hozirda FIFA reytingida O'mon bilan yonma-yon ketmoqdamiz. 6 aprel holatiga ko'ra O'mon 73, O'zbekiston 74 o'rinni egallab turibdi. Osiyoda esa 10 o'rindamiz va bu o'z-o'zidan JCH-2026 saralash bahslari oldidan bizning ikkinchi savatchadan joy olishimizni bildiradi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya kabi kuchli jamoalar joy oladigan 1 savatchaga qo'shilishi uchun 9talikka kirishimiz majburiy. Demak FIFA reyntigida O'monni quvib o'tish talab qilinadi. Ular bilan ko'rsatkichlarimizdagi farq 15,18ni tashkil qilmoqda. 

Bu haqida taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev batafsil to'xtalib o'tdi. O'mon bilan o'yindagi g'alaba bizga 2,6, durang 0,1 ball bersa, mag'lubiyat2,4 ballga kamaytiradi. Ikkinchi turda O'mon Tojikiston bilan to'qnash keladi. Bu o'yinda g'alabaga 3,6, durangga 1,4 ball beradi. Mag'lubiyat -6,4 ball kamaytiradi. O'zbekistonga ikkinchi turda Turkmaniston raqib. Bu bellashuvda g'alaba 2,9 ball taqdim qiladi (durang -2,1 mag'lubiyat -7,1). Agar O'zbekiston ikki o'yinda ham g'alaba qozonsa, O'mon birorta ochko to'play olmagan taqdirda uchinchi tur oldidan oradagi farq 0,68ga qisqaradi. Uchinchi turdagi g'alabalar vakillarimizning reytingda bir pog'ona yuqoriga ko'tarilishiga sabab bo'ladi. "Oq bo'rilar"ning Tojikiston ustidan qozonilgan g'alabasi 3,7 ball, O'mon Turkmanistonni yutgan taqdirda 2,8 ochko bilan siylanadi. Maydonda barchasi o'zgarib ketishi ehtimoli yo'q emas.  Savatchalarga qaytsak, FIFA reytingi va Osiyodagi o'rnimizni ko'tarilishi bizga mundial saralashining dastlabki kvalifikacion raundida nisbatan engilroq raqiblarni tuhfa qiladi. 

2019 yil 6 aprel  holatiga ko'ra O'zbekiston FIFA reyntingida 85, Osiyoda 11 o'rinni egallab turgan va natija ilk saralash bosqichidayoq Saudiya Arabistoni ro'baro' kelgan. JCH-2018 saralashiga qura tashlanayotgan pallada Osiyoda kuchli 6 likda bo'lganmiz, raqiblar KXDR, Filippin, Baxrayn edi. 

Aslida oddiy qaralayotgan bitta o'yin ko'p narsani o'zgartirib yuboradi. Demak bugun bizga faqat g'alaba kerak.

P.S: O'mon deb yozilayotgan va tahririyat tomon bildirilayotgan tanqidlarga munosabat. Prezident matbuot xizmati va boshqa rasmiy manbalarda O'mon, deb berilmoqda. SHunga ko'ra endilikda maqola, xabarlarda shu nomdan foydalaniladi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика