Kassano: "Milan" Zlatansiz chempionlikka erisha olmaydi, g'oliblik "Inter"ga nasib etadi deb umid qilaman"
22 avg 2015 16:41
Yangiliklar


Kassano: "Milan" Zlatansiz chempionlikka erisha olmaydi, g'oliblik "Inter"ga nasib etadi deb umid qilaman"
"Milan" sobiq hujumchisi, hozirda "Sampdoriya" safida to'p tepayotgan Antonio Kassano bu mavsumda "rossoner"larning chempionlik uchun imkoniyatiga baho berdi.
"Yuventus" yana 4 yoki 5 yil Italiya chempionatida favorit bo'ladi. "Roma" ham bazida turinliklarga muammo to'g'dirib turishi mumkin.
"Milan"ga keladigan bo'lsak, ular Zlatan Ibragimovichsiz chempionlikka erisha olmaydi. "Inter" bu muvaffaqiyatga erishadi degan umiddaman, chunki bu klub "Sampdoriya" kabi doimo qalbimda bo'ladi" - deydi Kassano.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar