Kasper SHmeyxel otasidan o'tib ketdi
11 avg 2018 16:13
Yangiliklar


Kasper SHmeyxel otasidan o'tib ketdi
Kecha Angliya premer-ligasida yangi mavsumning dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda "Manchester Yunayted" "Lester"ni 2:1 hisobida taslim qildi.
Mezbonlar yarim himoyachisi Pol Pogba penaltidan gol urib bu mavsumning birinchi golini urishga erishdi. SHu tariqa, "Lester" oxirgi uch yilda APLning birinchi golini o'tkazib yubordi. Qizig'i uchala safar ham jamoa darvozasini Kasper SHmeyxel qo'riqlagan.
Kasper kechagi o'yindan so'ng APL antirekordchisiga aylandi. 1992 yil asos solingan Angliya premer-ligasida shu kunga qadar hech bir posbon uch marta mavsumning birinchi golini o'tkazmagan ekan.
Kasperning otasi Peter SHmeyxel va mashhur darvozabon Pol Robinson ikki bor mavsumning ilk golini o'tkazib yuborishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar