Kasorla: "Xavi "Barselona"ni boshqarishga tayyor"
27 okt 2021 21:29
Yangiliklar
Kasorla: "Xavi "Barselona"ni boshqarishga tayyor"
"Al-Sadd" yarim himoyachisi Santi Kasorla "Barselona" sobiq futbolchisi, hozirda Qatar klubini boshqarayotgan Xavining murabbiylik salohiyati haqida gapirdi.
U to'pga egalik qilishni xohlaydi. Mashg'ulotlari ham to'pga egalik qilish, pozicion o'yin ko'rinishida "Barselona" maktabiga asoslangan.
U jamoasi to'pga egalik qilish orqali o'zini himoya qiladi deb hisoblaydi. Biz har bir uchrashuvda shu tarzda harakat qilamiz.
Xavi "Barselona"ni boshqarishga mutlaqo tayyor. Bu uning orzusi. Klubni undan yaxshiroq biladiganlar kam deb o'ylayman. Men uni yuqori darajada tayyorligini ko'rmoqdaman", - dedi Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Fikrlar