Kasilyas: "Messi men qo'riqlagan darvozaga o'zi xohlagancha gol urgan"
25 fev 2016 11:08
Yangiliklar
Kasilyas: "Messi men qo'riqlagan darvozaga o'zi xohlagancha gol urgan"
"Real" sobiq posboni, hozirda "Portu" sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyasning so'zlariga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi unga o'zi xohlaganicha gol urgan.
Kasilya bu gapni jahonning eng kuchli futbolchisi kimligi haqidagi savolga javob tariqasida bergan.
"Ronaldu mening jamoadoshim bo'lgan. U tufayli o'z o'yinimni kuchaytira olganman. Ularni orasidan birini tanlash qiyin. Messi bilan raqib sifatida to'qnash kelganmiz va u mening darvozamga o'zi xohlaganicha gol urgan" - deydi Kasilyas.
Fikrlar