So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Kasilyas futbol tarixidagi eng kuchli 5 nafar darvozabonlar kimligini aytdi Yangiliklar

Kasilyas futbol tarixidagi eng kuchli 5 nafar darvozabonlar kimligini aytdi

Teglar :  Iker KasilyasPortu
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas UEFA tomonidan tashkil etilgan savol-javobda ishtirok etdi.

Quyida Iker Kasilyas tomonidan berilgan eng qiziqarli javoblarni keltiramiz.

Nima uchun siz darvozabon bo'lishga qaror qilgansiz?

Iker Kasilyas:
Yoshligimdan darvozaga turishni yoqtirardim. Ko'pincha otam bilan birga futbol o'ynardik, u esa darvozaga turishni xushlamas edi, bu ham tasir qilgan!

Siz bilan birga o'ynagan eng qobiliyatli futbolchi?

Kasilyas:
Doim Zinedin Zidanning o'yinlarini kuzatish yoqadi.

Yaxshi darvozabon bo'lish uchun nima kerak?

Kasilyas:
Avvalo ruhiyati kuchli bo'lishi kerak. Darvozada turish degani bu - mard, aqlli va tavakkalga tayyor bo'lish deganidir.

"Portu" kiyinish xonasidagi eng hazilkash inson?

Kasilyas
: Elton. U doim kuladi, bu esa jamoaga ijobiy tasir qiladi.

Sizga qarshi o'ynagan eng kuchli hujumchi?

Kasilyas:
Lionel Messi. Yana kim bo'lishi mumkin? Bir necha marta "Barselona"ga qarshi o'ynaganman.

Eng yoqimli seyv?

Kasilyas: 2002 yilgi ECHL finalida "Bayer"ga qarshi o'yindagi seyvlar va JCH-2010 finalida Aren Robbenning zarbasidan keyingi seyv.

Yoshligingizda sizning kumiringiz kim bo'lgan?

Kasilyas:
Peter SHmeyxel.

Futbol tarixidagi eng kuchli besh nafar darvozabon...

Kasilyas:
SHmeyxel, Vitor Bayya, Janluiji Buffon, Oliver Kan va Santyago Kanisares.

Eng chiroyli o'tkazib yuborgan golingiz?

Kasilyas
: Hech birini eslay olmayman, sababi har gol o'tkazganimda doim g'azablanaman.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика