Kasilyas: "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin Ronaldu Messidan yaxshi formada"
23 okt 2014 12:09
Yangiliklar


Kasilyas: "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin Ronaldu Messidan yaxshi formada"
"Real" darvozaboni Iker Kasilyasning takidlashicha, "Barselona"ga qarshi Ispaniya chempionatining to'qqizinchi tur uchrashuvidan oldin jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu raqib futbolchisi Lionel Messidan yaxshi formada.
"Barselona" bilan o'yindan oldin jamoamiz yaxshi holatda. Biz xar qaysi chiziqda kuchlimiz. Bundan tashqari, murabbiy o'zgartirish qilganda jamoa o'zini yaxshi ko'rsatyapti. Biz o'yindan o'yinga o'sib boryapmiz. Ronalduga keladigan bo'lsak, u Messidan ko'ra yaxshi formada. Ammo meni faqat o'zimizning futbolchilar qiziqtiradi" - deydi Kasilyas.

Fikrlar