So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Karvaxal “Real”ning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi Yangiliklar

Karvaxal “Real”ning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

“Real” himoyachisi Daniel Karvaxal sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” hujumchisi Lionel Messini solishtirar ekan, “Real”ning tarixdagi eng yaxshi futbolchisi haqida ham gapirib o'tdi.

“O'ylashimcha, Messi va Ronalduni solishtirish juda qiyin. Garchi bu ikkala futbolchi hujum chizig'ida o'ynasada, ikkalovi ham eng kuchlilar orasida kuchlisi hisoblansa ham, ular turlichi o'yin namoyish etishadi. Messi- futbol uchun katta ishni amalga oshirayotgan futbolchi. U maydonni yaxshi ko'ra oladi, ajoyib driblingga ega, doim bo'sh zonalarni qidiradi va ajoyib to'p uzatishlarni amalga oshiradi.

Ronaldu ham hujumchi uchun barcha xislatlarga ega futboli. Jarima maydonchasi ichida gol urish uchun barcha ishni bajaradi va maqsadiga erishadi. Ular turli xil uslubga ega futbolchilar.

Ronaldu Messiga nisbatan chaqqonroq va tezroq harakat qiladi. Messi esa xotirjam to'p tepib, maqsadiga erishadi.

“Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchi? Raul. Undan o'rnak oladigan jihatlar ko'p. U jamoaviy futbolchi. Raul barchasiga tinimsiz mehnati evaziga erishgan. Uni tezkor, dribling ustasi yoki bosh bilan hammadan yaxshi o'ynay oladi deb aytib bo'lmaydi. Ammo u hammasini to'g'ri bajarardi. Uning kiritgan gollari va umuman uning Madrid klubida qayd etgan natijalari gaplarimning isboti bo'la oladi”, deydi Karvaxal “beIn Sports»ga bergan intervyusida.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика