

"Qur'a tashlanganidan keyin biz matbuot maqtagan Kavani, Mbappe va Neymarning o'yinlari videolarini tomosha qildik. Biroq biz qo'rqmadik: "Biz bunchalik darajada yomon emasmiz-ku“.
To'g'ri, buni maydon tashqarisida ham aytsak bo'lardi, biroq biz o'z gaplarimizni maydondayoq raqiblarimizga aytdik. "Real"da o'tirsak, o'zaro suhbatlarda PSJning ustidan kulamiz. O'sha videolar mening kulgimni qistatadi. Qachonki bosh hakam o'yinni boshlab beruvchi hushtakni chalsa, biz bir yoqadan bosh chiqaramiz va g'alaba uchun oxirigacha harakat qilamiz", - dedi himoyachi.



