Karvaxal katta ehtimol bilan "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
15 fev 2021 11:31
Yangiliklar


Karvaxal katta ehtimol bilan "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal "Valensiya" (2:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Ispaniyalik himoyachi katta ehtimol bilan 24 fevral kuni bo'lib o'tadigan CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Eslatib o'tamiz, Karvaxal yaqindagina jarohatidan tuzalgandi. U fevral oyining boshida jarohat olgan edi.
29 yoshli himoyachi joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi. Futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Qayd etish kerakki, Dani "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar