Karrera Persepolisni boshqarishi mumkin
23 iyu 2019 07:49
Yangiliklar


Karrera Persepolisni boshqarishi mumkin
Moskvaning “Spartak” klubi sobiq murabbiyi Massimo Karrera Eronning “Persepolis” klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi, deya xabar bermoqda Tehran Times.
Italiyalik mutaxassisdan tashqari yana ikki nafar murabbiyning nomzodi ham ko'rib chiqilmoqda. Bular ayni paytda BAAning “Bani Yas” klubi ustozi xorvatiyalik Krunoslav Yurchich va 2018 yilda Germaniya ikkinchi divizoni vakili “Ingolshtadt 04” klubini boshqargan, kelib chiqishi eronlik bo'lgan germaniyalik murabbyi Aleksandr Nuridir.
55 yoshli Karrera 2016-2018 yillarda “Spartak”ka murabbiylik qilgan. Uning qo'li ostida moskvaliklar 16 yillik tanaffusdan keyin, birinchi mavsumdayoq Rossiya chempionligiga erishgan bo'lsa, keyingi mavsumda italiyalik murabbiy “Spartak” bilan Rossiya superkubogini qo'lga kiritgandi. 2018 yilning 22 okyatbrida Karrera istefoga chiqarilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar