Karragerning talqiniga ko'ra APLning joriy mavsum ramziy jamoasi bilan tanishing
27 mar 2020 18:44
Yangiliklar
Karragerning talqiniga ko'ra APLning joriy mavsum ramziy jamoasi bilan tanishing
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager APL ramziy jamoasini tuzdi.
Darvozabon: Din Xenderson («SHeffild Yunayted»);
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Jo Gomes, Endryu Robertson (barchasi – «Liverpul»);
Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Jordan Xenderson («Liverpul»), Jek Grilish («Aston Villa»);
Hujumchilar: Sadio Mane, Muhammad Salah (ikkisi ham – «Liverpul»), Serxio Aguero («Manchester Siti»).
Qayd etish kerakki, Karrager APLda mavsum o'yinchisi sifatida Sadio Maneni etirof etgan.
Fikrlar