Karrager: "Sterling og'zini yopib, boshqa agent qidirsin"
19 may 2015 12:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/172590_original.jpg)
![](/upload/storage/172590_220.jpg)
Karrager: "Sterling og'zini yopib, boshqa agent qidirsin"
"Rahim Sterling - katta chaqaloq. Unga agentini almashtirishni maslahat bergan bo'lar edim. 20 yoshli yigitcha "Liverpul"ga buyuruq berishga urinayotgani jahlimni chiqaryapti. Sterling shu ruhda davom etadi. Brendan Rojers esa Rahim yozda klubni tark etmaydi dedi, ammo menimcha, u "Liverpul" rahbariyatiga tasir o'tkazmoqchi.
"Liverpul" o'tgan mavsumni fantastik o'tkazdi. Klub chempion bo'lishi mumkin edi. Agar ko'proq pul va sovringa ega bo'lishni istasangiz, siz bularni ishlab topishingiz kerak. "Liverul" bu yili nimani qo'lga kiritdi? Hech narsa.
Muhim o'yinlarda yaxshi harakat qilish zarur. "Aston Villa"ga qarshi Angliya Kubogi yarim finali men bu bosqichda ko'rganlarimning eng yomoni. Bu "Liverpul"ning muhim uchrashuvi edi va Sterling bahsda o'zini ko'rsata olmadi.
Agar sovrin qo'lga kiritmoqchi bo'lsang, o'z saviyangni oshirishing zarur. Sterling og'zini yopib, futbol o'ynasin. Uning o'rnida bo'lganimda mashg'ulotga kelishdan va xattoki resepshnda ishlaydigan qizga ko'rinishdan uyalgan bo'lar edim" - deydi Karrager.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar