Karrager Salahning goli haqida: "Faqat Messi shunday gol urishi mumkin"
05 fev 2018 12:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/304649_original.jpg)
![](/upload/storage/304649_220.jpg)
Karrager Salahning goli haqida: "Faqat Messi shunday gol urishi mumkin"
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager APL 26-turi doirasida Muhammad Salahning "Tottenxem" (2:2) darvozasiga kiritgan ikkinchi goli haqida gapirdi.
"Mana shunday gol kiritishi mumkin bo'lgan yagona inson - Messi. CHeklangan masofada, yana kamiga darvozabonni ham dog'da qoldirish. Menda boshqa so'z yo'q.
"Man Siti" De Bryuyne bilan birga ajoyib mavsum o'tkazayotgani Salahning omadsizligi, aks holda misrlik futbolchi Angliyada aniq yil futbolchisi bo'lar edi", - dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar