Karrager Ronaldu salom bermagan Gari Nevillga yuzlandi
31 okt 2022 10:55
Yangiliklar
Karrager Ronaldu salom bermagan Gari Nevillga yuzlandi
Angliya chempionati doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yin oldidan chigil yozdi mashg'ulotlariga kirishgan Krishtianu Ronaldu Gari Nevillga salom bermadi, garchi u boshqa ikki mutaxassis bilan qo'l berib ko'rishdi.
Balki bunga Nevill yaqinda studiyada Ronalduning "Manchester Yunayted"da zaxira o'yinchisi roliga rozi bo'lishi yoki klubni tark etishi kerakligini aytgani sababdir.
Bir paytlar Krishtianu Ronaldu Jeymi Karrager bilan ham salomlashmagandi. "Liverpul"ning sobiq futbolchisi endi Gari Nevillga murojaat qildi.
"Ronaldu etiborsiz qoldirganlar klubiga xush kelibsiz", – deb yozdi Karrager bir nechta kulib turgan smayliklarni qo'shgan holda.
Fikrlar