Karrager Mbappeni "Liverpul"da ko'rmoqchi
18 fev 2021 23:44
Yangiliklar


Karrager Mbappeni "Liverpul"da ko'rmoqchi
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager PSJ forvardi Kilian Mbappeni mersisaydliklar tarkibida ko'rishni istayotganini aytdi.
"Mbappe "Monako"da o'ynab yurgan paytlari "Liverpul" uni sotib olish uchun katta imkoniyatga ega edi. Bu borada Klopp bilan gaplashib ko'rgandim. Unga xaridorlar juda ko'p bo'lgan.
Ikki yil oldin "Liverpul" ECHLni yutganida Mbappega faoliyatini davom ettirishi uchun "Real" emas, aynan "Liverpul" mosligini aytgandim. Menimcha, u "Real"ga o'tadi. Ammo bu yo'lda unga "Liverpul" ham ideal variant bo'lib ko'rinmoqda.
Balki "Liverpul", balki "Manchester Siti" ham unga mosdir. Ammo APLning barcha top-jamoalari ham unga mos emas", - dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar