Karrager: "Maguayrga savol: "Senda sportcha g'azab qoldimi?"
29 sen 2022 00:30
Yangiliklar


Karrager: "Maguayrga savol: "Senda sportcha g'azab qoldimi?"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrni tanqid qildi.
"Maguayrga savol bermoqchiman: "Senda sportcha g'azab qoldimi?". Bazida u dunyoni suv bossa g'amga botmaydigan o'rdakka, qo'rqoq quyonga, bir paytlar eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri deb sanalgan futbolchiga o'xshamaydi.
Menimcha, klublar darajasida u o'zini tiklab olishi uchun ancha kech bo'ldi. O'tgan mavsumda men uning "Manchester Yunayted"dagi joyi uchun kurashishi kerakligini aytgandim. U bu klubdan ketishi va toza varoq qilib, yangi klubda faoliyatini boshlashi kerak", - dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar