Karrager: "Liverpul"da erkaklar yo'q"
24 noy 2014 15:47
Yangiliklar
Karrager: "Liverpul"da erkaklar yo'q"
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "qizillarning" "Krital Pelas"dan uchragan mag'lubiyatiga izoh berdi.
"Liverpul" raqib kuchliligi tufayli mag'lub bo'lgani yo'q, ularni shunchaki ezib tashlashdi. "Kristal Pelas" o'zining g'alabaga bo'lgan xohishi tufayli g'olib bo'ldi. "Liverpul"ga nimadir halaqit beryapti.
Jamoada etakchi yo'q va biz bu holatni o'tgan mavsum yakunida ham ko'rdik, o'shanda bunday vaziyat "Liverpul"ga qimmatga tushdi. O'tgan mavsumda "qizillar" 50ta gol qo'yib yuborishdi. O'shandan beri ko'p mablag' ishlatildi. "Liverpul" muxlisi sifatida jamoadan havotirdaman. Jamoaga erkaklar etishmayapti. O'yin etarli darajada tashkillashtirilmagan. Bazida o'yin o'xshamay turadi, ammo natijaga tish bilan bo'lsa ham erishish kerak. Ammo bunday narsalar anchadan beri yuz berayotgani yo'q" - deydi Karrager.
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar