So’nggi yangiliklar

13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  0 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  1 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  3 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  7 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  3 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3

Karpin va Arutyunyanc SHomurodovni yilning eng yaxshi futbolchisi deb topishmadi Yangiliklar

Karpin va Arutyunyanc SHomurodovni yilning eng yaxshi futbolchisi deb topishmadi

"Rostov" prezidenti Artashes Arutyunyanc Rossiyada 2019 yilning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayonida kimlarga ovoz bergani malum bo'ldi.

Bu haqida "Sport-Ekspress" nashri xabar qildi.

Ovoz berish jarayonida jamoa prezidenti o'z vakolati doirasida 5 nafar futbolchini tanlab ko'rsatishi kerak bo'lgan va Arutyunyanc barcha futbolchilarni o'z klubidan tanlagan. U birinchi o'ringa "Rostov" to'purari Eldor SHomurodovni emas, Roman Eryomenkoni munosib deb topgan. Keyingi o'rinlarga Matias Normann, Ivelin Popov, Eldor SHomurodov, Aleksey Ionovlar munosib ko'rilgan.

SHuningdek, jamoa ustozi Valeriy Karpin birinchi o'ringa munosib deb "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovinni ko'rsatgan. Murabbiyning ro'yxatida Eldor 5-o'rinni band qilgan.

Ko'pchilik o'quvchilarimiz hamyurtimiz umumiy so'rovnomada nechanchi o'rinni egallagani bilan qiziqdilar. Takidlash lozimki, Eldor 4-o'rinni egallagan. Undan oldinda Artyom Dzyuba, Aleksandr Golovin va Gjegoj Krixovyaklar joylashgan.

Ushbu so'rovnoma qanday mezonlar asosida shakllantirilgani va ovoz berish jarayoni haqida birozdan keyin batafsil malumot beramiz. Darvoqe, Roman Eryomenko umumiy natijalarga ko'ra 11-o'rinni egallagan.

 Biroz avval, "Sport-Ekspress" nashri malumotlariga tayanib Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlangani haqida ham xabar bergandik.

Reyting: -88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика