So’nggi yangiliklar

07:50Агент: “Бэйл Мадридда бахтли эмас”   0 07:40Аллегри қачон ишга қайтишини маълум қилди   1 06:35АПЛ. "Арсенал" - "Брайтон" 1:2  0 06:30АПЛ. "Шеффилд Юнайтед" - "Ньюкасл" 0:2  0 03:20"Арсенал"нинг кетмони учмаяпти. "Тўпчилар"га Абдуллажон ҳам ёрдам беролмайди чоғи  18 02:34АПЛ. "Шеффилд" ўз майдонида имкониятни бой берди  0 02:21"Эвертон" мураббийлиги учун асосий даъвогар номи маълум бўлди  0 02:03Ляказетт "Арсенал" сафидаги юбилей учрашувини ўтказмоқда  10 02:00Olamsport: Ўзбекистонда тотализаторга рухсат, Руис ва Жошуа кўз уриштирди ва бошқа хабарлар  1 01:31Breaking news! АПЛда навбатдаги истеъфо рўй берди  1 01:10Месси ўзининг олтинчи "Олтин тўп"ини қачон намойиш қилиши маълум бўлди  15 00:15АПЛ. "Арсенал"-"Брайтон". Жамоаларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 00:02Спортчилар ижтимоий тармоқларда  2 23:38АПЛ. "Шеффилд Юнайтед" ва "Ньюкасл" жамоаларининг асосий таркиблари маълум  1 23:26Баҳорда бизни супер тўқнашувлар кутиб турибди  16

Karpin SHomurodov haqida: "RPLning grand klubiga o'tgandan ko'ra, g'arbga yo'l olgani maqul" Yangiliklar

Karpin SHomurodov haqida: "RPLning grand klubiga o'tgandan ko'ra, g'arbga yo'l olgani maqul"

"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoa forvardi Eldor SHomurodovning jamoadan ketishi mumkinligiga izoh berdi.

- Hozir matbuotning bor etibori SHomurodovda. Uning bundan boshi aylanib ketmayaptimi?

- Bugun bunday bo'lishi kerak emas. Eldor - juda kamtar, aqlli, mulohazali va adekvat yigit. U hozir nima bo'layotganini to'g'ri tushuna oladi.


- Yaqinda unga CSKA klubi qiziqish bildirgani rostmi?

- Bu savol menga berilishi kerak emas. Kim bilan kim aloqaga chiqqan bunisini bilmayman, umuman bu haqda hech narsa bilmayman.


- Siz uning fikriga, yani Rossiya grandiga emas, Evropaga ketmoqchi ekanligiga qanday qaraysiz?

- Umuman olganda uning fikriga qo'shilaman. Men uning "Rostov"da o'ynashini xohlardim. Keyinchalik unga shunday taklif tushsa, RPLning nomdor klublaridan ko'ra, g'arbga ketgani yaxshiroq. Albatta, Evropa grandlarida o'ynash oson ish emas. Boshida oddiyroq jamoada o'ynab turib, keyinchalik yuqoriga intilishi mumkin, - deydi Karpin.


Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Eldor SHomurodov RPLning ortda qolgan 5ta turida 4ta gol urgan holda Artyom Dzyuba ("Zenit") va Aleksandr Sobolev ("Krilya Sovetov") bilan birgalikda to'purarlar bahsida etakchilik qilmoqda.

Reyting: +145   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика

CA ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing