Karlush Keyrush: "Suriyani yutib, JCH-2018 sari yana bir qadam tashlamoqchimiz"
10 noy 2016 14:17
Yangiliklar
Karlush Keyrush: "Suriyani yutib, JCH-2018 sari yana bir qadam tashlamoqchimiz"
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush JCH-2018 saralashi doirasidagi Suriyaga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Terma jamoaga chaqiruv olgan barcha futbolchilarda Suriya bilan uchrashuvda maydonga tushish imkoniyati mavjud. Biz Suriyani mag'lub etib JCH-2018 sari yana bir qadamni tashlamoqchimiz. Eng asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritish.
Beiranvand Malayziyaga bormaydi. Vohid Amiri esa o'yinga tayyor bo'lishiga ishonaman. Terma jamoamiz yanvar oyida yig'in o'tkazadi va o'rtqolik uchrashuvida maydonga tushadi. Unda bir qator yoshlarga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat bermoqchimiz", - deydi Keyrush Tehran Times nashriga.
Eron bugun Papua Yangi Gvineya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 15 noyabr kuni JCH-2018 saralashi doirasida Suriyaga qarshi o'ynaydi.
Fikrlar